AQSh gipertovushli qurol ishlab chiqishda Rossiyadan ortda qolayotganini tan oldi

AQSh Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqish borasida taqib qilishda davom etmoqda, ushbu poygada har bir dollar pul ahamiyatga ega, deydi Pentagon rahbari Mark Esper. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan. Foto: NabdKaliforniyada otgan xavfsizlik forumida jurnalistlar Esperdan Rossiya bilan gipertovushli qurol borasidagi raqobat haqida soragan.Biz ushbu texnologiya ishlab chiqilishida bir necha yil avval tanaffus elon qildik, u vaqtda bu borada yaqqol yetakchi edik, lekin endi taqibchi rolidamiz. Mudofaa vazirligi har bir dollarni gipertovushli qurol yonalishida yana yetakchilikni qaytarib olish uchun safarbar etmoqda, deydi Esper.Rossiyaning turli qurollar, jumladan, CHB-III shartnomasiga zid strategik qurollar ishlab chiqayotganidan xavotirdaman. Ushbu harakatlar hisobotini olish yoki tekshirish imkoniyati yoq. Songgi yillarda avvalgi va hozirgi AQSh administratsiyasi Rossiyaning bu borada girromlik qilayotganini guvohi bolgan. Ayni vaqtda ular harbiy jihatdan bizga nisbatan kuchli potensialga ega, ayniqsa orta va qisqa masofaga zarba bera oladigan raketalar borasida. Shu sababli ham ruslarning bu boradagi harakatlarini diqqat bilan kuzatyapmiz, deydi AQSh mudofaa vaziri.Mavzuga doir: AQSh generali gipertovushli qurol qachon jangovar startga tayyor bolishini malum qildi Arktikada Rossiyaning Kinjal raketasi sinovdan otkazilgan Strategik qurollanishni kamaytirish va cheklash boyicha CHB-III kelishuvi muddati 2021-yilda yakuniga yetadi, Vashington uni uzaytirish yoki bekor qilish yuzasidan bir toxtamga kelmagan.Avval Qoshma Shtatlar Rossiya bilan kelishuvga nafaqat CHB-III kelishuviga aloqador qurol-yarog balki yetkazib beriladigan qurollar, jumladan kam quvvatli yadro qurilmalari ham kiritilishi lozimligini bildirgan. Pentagon Rossiyada 2 mingtagacha nostrategik yadro quroli bor deb hisoblaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0