OAV: Kim Chen In Yandok viloyatida zamonaviy issiq buloqli kurortni ochib berdi

KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen In Yandok viloyatidagi termal, qaynoq buloqlari dam olish kurortining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga tayanib TASS xabar bergan. Foto: KCNAKXDR davlat rahbari Yandok balneologik kurortni foydalanishga topshirdi va shaxsan ozi dam olish hududini aylanib chiqdi. KMTA xabariga kora, Kim Chen In termal buloqlardan chiqayotgan suv havzalari dam olayotgan fuqarolarni kuzatgan, changi jihozlari ijarasi binosida bolgan, sport anjomlari sifatiga baho berib, dor yolidan tog choqqisiga chiqib yuqoridan atrof gozalligiga baho bergan.Muhtaram oliy rahbarimiz, sportchilarning qor ustida yengil parvoz qilayotganini yuzida tabassum bilan kuzatdi,deyiladi agentlik xabarida.Kim Chen In kurortdan chiqib, tog yonbagridagi ot sporti parkiga borgan, u yerda maktab oquvchilari bilan uchrashib, ular bilan birga suratga tushgan. Foto: KCNAKXDR harbiy quruvchilari Yandokdagi kompleksni qurib bitkazishi uchun bir yildan sal kamroq vaqt talab etildi. Barcha binolar yagona memoriy uslubda qurilgan va ulkan toglar bilan uygunlikda chiroyli landshaft hosil qiladi. Tog changi kurortiga olib boradigan uchta turli murakkabliklardagi trassa qurilgan. Foto: KCNAMavzuga doir:Kimchenobod. Shimoliy Koreya yetakchisi orzudagi shaharni qurib berdi (foto, video)Yandok kurorti KXDR yetakchisi shu haftada ochib bergan va ishlab chiqarishga tushirgan tortinchi katta infratuzilma obyekti boldi. Avval Kim Chen In Samchjiyon yangi shahrini, Kyonson viloyatidagi Djunpyon issiqxonalar kompleksini ochib bergan va Oranchxon GES qurilishi ishlarini boshlab bergandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0