Shavkat Mirziyoyev: Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlab 7-dekabr kuni otkazilgan tantanali marosimdagi maruzasida prokuratura idoralari faoliyati tufayli koplab kishilar jabrlangani haqida gapirdi.Kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, yani ozaro tiyib turish tamoyillarini taminlash imkoni yaratiladi. Bunday muhim ozgarish ham bizning tajribamizda birinchi marta joriy etilmoqda.Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, tabir joiz bolsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor bolgani ham ayni haqiqat. Qanchalik ogir va noxush bolmasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish boyicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam boladi.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston PrezidentiDavlat rahbari sud biror mansabdor shaxsning qoli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yol qoymaslik shartligiga etibor qaratdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiSudlarning chinakam mustaqilligini taminlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qoli yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yol qoymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim otkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar xalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho boladi.Bunday yangi ozgarishlarni avvalo, xalqimiz, jumladan, yurtimizda qonun ustuvor ekaniga ishonib sarmoya kiritayotgan chet ellik hamkorlarimiz har tomonlama his qilishlarini istardim.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0