Toshkentda temiryolning tort chiptachisi 153 million somni yeb yuborgani aniqlandi

Soxta hujjatlar tayyorlab, 153 million somni ozlashtirib yuborgan temiryol chipta sotuvchilarining jinoiy guruhi fosh etildi. Bu haqda Transportda xavfsizlikni taminlash bosh boshqarmasi Toshkent mintaqasidagi temiryol transportida xavfsizlikni taminlash boshqarmasi tergov bolimi boshligi, podpolkovnik Sherzod Xolmurotov Daryoga malum qildi. Foto: Madina Nurman / DaryoBoshqarma va Oztemiryolyolovchi kompaniyasining tushumlarni nazorat qilish bolimi xodimlari otkazgan xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yolovchi tashishni tashkil etish filiali naqd pulsiz chipta sotish chiptaxonalari chipta sotuvchi agentlari tomonidan sotilgan chiptalarning qonuniyligi korib chiqilgan.Organish natijasida chipta sotuvchi vazifasida ishlab kelgan Z.M, U.T, O.R. Sh.U.dan iborat jinoiy guruh fosh etildi, dedi tergov bolimi katta tergovchisi mayor Abdusalom Ergashev.Jinoiy guruh azolari 2018-yil davomida hujjatlarni soxtalashtirish yoli bilan temiryol chiptalarini sotishdan tushgan 153 million somni ozlashtirib yuborgan. Shuningdek, har oy Oztemiryolyolovchi kompaniyasiga soxta hisobotlar taqdim etib kelgan.Holat yuzasidan Z.M, U.T, O.R. Sh.U.ga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, ayblov elon qilingan. Dastlabki tergov davrida ayblanuvchilar tomonidan yetkazilgan zarar toliq qoplangan. Jinoyat ishi sudga yuborilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0