Shavkat Mirziyoyev: Shaxs ushlangach, bu haqda uning oila azolari darhol xabardor qilinishi kerak

7-dekabr kuni Ozbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Ozbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlangan tantanali yigilish bolib otdi. Unda nutq sozlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini taminlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini ezozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyati ekani, bunday prinsip asosiy qonunda qatiy belgilanganini takidlab otdi.Konstitutsiyada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida muhrlab qoyilgan va bunda chuqur mano bor. Bu qoidalar mamlakatimizda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi, davlat oz faoliyatini faqat inson va jamiyat farovonligini kozlab amalga oshirishini anglatadi. Buni birgina shu yilning otgan davrida Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 880 mingdan ortiq murojaatning 510 mingdan ziyodi ijobiy hal etilgani ham tasdiqlaydi.Shu munosabat bilan hamma rahbarlarga yana bir bor eslatib otmoqchiman. Bizga umid va ishonch bildirgan, bizni rahbar etib saylagan, el-yurtimizni, har bir fuqaroni rozi qilish asosiy burchimiz ekanini hech qachon unutmaylik. Xalq bizdan rozi bolsa Yaratgan ham bizdan rozi boladi.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston PrezidentiMavzuga doir: U yigit nega 15 kunga qamaldi tushunganim yoq. Xalq ham bilmaydi. Adolat partiyasi rahbari Abdulloh Tohirov voqeasi haqidaDavlat rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yolida ogishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish lozimligi togrisida sozladi. Foto: Prezident matbuot xizmatiOtgan uch yilda jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish tizimi yaratildi. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berildi. Sohani rivojlantirish boyicha ustuvor yonalishlar va zarur chora-tadbirlar tasdiqlandi.Xabaringiz bor, otgan yillarda tintuv jarayonini, olingan korsatmalarni hodisa sodir bolgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti kabi protsessual harakatlarni video tasvir orqali qayd etish shartligi qonuniy asosda belgilangan edi.Biroq aholi bilan muloqotlar huquq buzilishi xavfi bolgan boshqa holatlar boyicha ham shunday choralarni qollash zarurligini korsatmoqda. Xususan, shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlarni, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini ornatish zarur.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila azolari darhol xabardor qilinishi kerak. Buni surishtiruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qoyishni taklif etaman.Bundan tashqari, shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qollash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga otish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0