Toshkentda Regapen psixotrop dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonachilarga nisbatan jinoiy ish qozgatildi

Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bolimi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda kuchli tasir etuvchi dori-darmonlarni noqonuniy sotadigan dorixonalar xodimlarini aniqlash maqsadida reyd otkazdi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati6-dekabr kuni Yakkasaroy tumani Usmon Nosir kochasida joylashgan Guli-kand plus MChJ dorixonasi xodimlari 23 yoshli Sh.N va 29 yoshli Jasur.K maxsus retsept talab qilmasdan kuchli tasir qiluvchi Regapen preparatini sotayotgani aniqlandi. Bundan tashqari xodimlarning maxsus farmatsevtik malumotga ega emasliklari ham aniqlangan.Dorixona xodimlarini qolga olishda maxsus kuchlar ishtirok etmagan.Mazkur holat yuzasidan Ozbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli tasir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) boyicha Sh.N. va J.K. ga nisbatan jinoiy ish qozgatildi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiBundan tashqari, xuddi shunday jinoiy faoliyat holatlari Uchtepa tumanida joylashgan Besh plus mega farm MChJ dorixonasida ham aniqlanib, 658 dona Regapen dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Chilonzor tumani 8-massivida joylashgan Fayz farm MChJ dorixonasidan ham 77 ta Regapen hamda 36 ta boshqa kuchli tasir qiluvchi dori preparatlarini musodara qilgan.Besh plus mega farm va Fayz farm MChJ dorixonalari ishchilari 31 yoshli B.R. va 23 yoshli A.K.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli tasir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) boyicha jinoyat ishi qozgatilgan.Bu boradagi ishlar davom ettirilib, sodir etilgan qilmishlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga rioya etilishi taminlanmoqda, deyiladi xabarda.Hurmatli hamshaharlar! Agar siz dorixona xodimi Tropikamid yoki Regapen dori vositasining retseptsiz yoki dorixonadan tashqarida sotilayotganiga guvoh bolsangiz, 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soraymiz. Ularga nisbatan qonun doirasida qatiy choralar koriladi , deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0