Bundan-da samarali vosita yoq. Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik nazorati va soz erkinligi haqida

Ozbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiya qabul qilinganining 27 yilligiga bagishlab 7-dekabr kuni otkazilgan tantanali marosimda Prezidenrt Shavkat Mirziyoyev qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan kora samarali vosita yoqligiga urgu berdi. Foto: Kun.uzXalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qonun ustuvorligini taminlash qiyin boladi.Bugun jamoatchiligimiz tom manoda uygondi, endi turli lavozimdagi shaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, oz fikrini erkin ifoda etishga organmoqda.Yakunlanayotgan yilda Davlat byudjeti ilk bor keng muhokama etilib, ochiqlik va oshkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir somni nimaga va qanday xarajat qilishi aniq korsatib berildi.Fuqarolarimiz va deputatlarimiz bildirgan fikrlar asosida maktablarga mebel va kompyuterlar xarid qilish uchun byudjet xarajatlarini qisqartirish hisobidan 50 milliard som qoshimcha mablag ajratildi. Bunday ijobiy holat bizning tajribamizda birinchi marta yuz berayotganini alohida qayd etish lozim.Yoki kopchiligingiz xabardorsiz, keyingi paytda joylarda daraxtlarni ommaviy ravishda kesish kuchayib ketgan edi. Bu odamlarning noroziligiga sabab boldi. Shuning uchun yaqinda daraxtlarni sababsiz kesishga qarshi moratoriy elon qilindi. Bu ham jamoatchilik fikri qanday kuchli tasirga ega ekaniga misol bola oladi.Bularning bari odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan masuliyat va daxldorlik hissi oshib borayotganini korsatadi.Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati bir tomonlama vositaga aylanib qolmasligi kerak.Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki ozlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis korib chiqishlari lozim. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini ozgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab osha hududdagi aholi ortasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan otkazilishi shart.Yana bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqchiman.Konstitutsiyaga asosan sudlar oz faoliyatida mustaqil, lekin ularning chinakam nazoratchisi xalq bolishi kerak.Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror boyicha fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.Shuni aniq tushunib olish lozimki, jamoatchilik nazorati bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning ozini ozi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boyicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq boyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tasirchan tizimini yaratishga bosh-qosh bolishi va tashabbus korsatishi lozim.Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, talim, sogliqni saqlash, kommunal xojalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat korsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bolishi darkor.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston PrezidentiKun.uzning qoshimcha qilishicha, prezident ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam jamiyat kozgusiga aylanishi kerakligini takidladi.Soz erkinligini taminlashga qaratilgan islohotlar otgan uch yilda jamiyatimiz hayotida tub burilish yasadi.Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni korsatib berayotgan eng katta kuch bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir.Demokratik islohotlarimiz natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor shaxslarni oz ishini qonuniy asosda togri tashkil etishga undamoqda.Shu sababli ham davlat organlari faoliyati togrisidagi malumotlarni jamoatchilikka toliq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot xizmati ish boshladi.Aslida, demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga organishi kerak.Malumki, bugungi kunda ananaviy axborot vositalari bilan birga Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar jamoatchilik fikrini shakllantirishda katta rol oynamoqda.Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolarning soz erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda toliq taminlashimiz zarur. Buning uchun esa birinchi galda ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak va biz bu borada faol ish olib bormoqdamiz.Shu munosabat bilan jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, yani xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim.Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda oz sahifasiga ega bolishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak bolsa, har kuni batafsil malumot berib borishi shart.Yana bir marta takrorlayman, Ozbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq otkazishga yol qoyilmaydi.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0