Qozogistonda pasportini yoqotib qoygan 12 nafar ozbekistonlik mamlakatga olib kelindi

Qozogistonda otkazilayotgan Nolegal tadbiri doirasida ushbu mamlakatga xizmat safariga yuborilgan xodimlar tomonidan Nur-Sulton, Olmaota va Chimkent shaharlarida otkazilgan reydlar davomida fuqarolik pasportlarini yoqotib, yashash manzillariga qaytolmayotgan 12 nafar fuqaroga Ozbekistonga qaytish guvohnomalari berildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati malum qildi. Foto: IIV matbuot xizmatiTashqi mehnat migratsiyasi agentligi komagida 2 nafar ayol, 10 nafar erkak OlmaotaToshkent aviareysi bilan Ozbekistonga olib kelindi.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosida ularning barchasiga tibbiy, psixologik va yuridik yordam korsatildi hamda yashash manzillariga yetib olishlari uchun eng kam ish haqining bir barovari miqdorida pul ajratildi.Shuningdek, ular bilan filtr-sorov tadbirlari otkazilib, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ish orinlari va tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlar olish turlari boyicha tushuntirish ishlari olib borildi.Hozirgi vaqtda Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan 41 nafar ozbekistonlikni mamlakatga qaytarish choralarini korish davom ettirilmoqda

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0