Shoir Abduvali Qutbiddin vafot etdi

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist, shoir Abduvali Qutbiddin 8-dekabr kuni 59 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Kun.uzning yozishicha, Abduvali Qutbiddin betobligi sabab, ikki haftadan ortiq vaqt davomida shifoxonada bolgan. Foto: Kun.uzJanoza 8-dekabr kuni marhumning ota yurti Samarqand viloyatining Urgut tumani Mergancha mahallasida soat 14:00 da oqiladi va Urgutning Sofiyon mahallasidagi Chor chinor ziyoratgohi qabristonida, bobosi, taniqli olim shayx Qutbiddin Muhiddinov yonida dafn etiladi.Abduvali Qutbiddinov 1983-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi OzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Samarqandning Zarafshon gazetasida boshlagan.Keyinchalik Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida, Yozuvchi nashriyotida, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, Xalq sozi gazetasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.Shoirning Nayson, Humo, Baxtli yol, Bor (saylanma, 2011) kabi sheriy toplamlari, Ozodlik nomli dostoni chop etilgan. Dostlik ordeni bilan mukofotlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0