Bosh prokuraturada Toshkent viloyatidagi snoslar boyicha kompensatsiyalarning tolanish holati muhokama qilindi

7-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi binosida Toshkent viloyatining eksport va investitsiya prognoz korsatkichlarining bajarilishi, uy-joylar buzilishi munosabati bialn kompensatsiya tolovlarining tolanishi ahvoli, viloyatda xatlov natijasida aniqlangan bosh binolar va yerga oid qonunbuzilishlar boyicha tanqidiy ruhdagi yigilish otkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiYigilishda eksport salohiyatini rivojlantirish boyicha Respublika komissiyasi azolari hamda Toshkent viloyati hokimi R. Xolmatov hamda tuman-shahar hokimlari ishtirok etgan.Unda viloyatda eksport porgnoz rejasining bajarilish ahvoli qoniqarsiz holatda ekani, bu boradagi ishlarni jadallashtirish lozimligi takidlandi. 2019-yil yanvar oyabr oylarida viloyatdagi korxonalar tomonidan 245,3 million AQSh dollariga teng eksport amalga oshirilib bu prognoz yanni 349 million dollarning 70 foizini tashkil qiladi. Foto: Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiOrtachirchiq, Ohangaron, Chinoz, Toshkent, Oqqorgon, Yuqorichirchiq, Bekobod tumanlari hamda Yangiyol va Olmaliq shaharlarida prognoz ijrosi 60 foizga ham yetmagani tanqid qilindi. 2019-yil 1-dekabr holatiga viloyatdagi 109 ta korxonaning 40,6 million dollarlik debitor qarzdorligi aniqlangan. Foto: Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiViloyatdagi uy-joylar buzilishi tufayli aholiga tolanadigan kompensatsiya ahvoli ham qoniqarli emas. Majlisda Yangiyol, Olmaliq shaharlar, Bekobod va Yangiyol tumani hokimlari kun tartibidagi masalalar boyicha izoh va tushuntirishlar berdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0