A Seriya. Bir kishi kam bolib qolgan Yuventus Rimda maglub boldi

Futbol boyicha Italiya A Seriyasining 15-turi doirasida 7-dekabr, shanba kuni 3 ta bellashuv yakunlandi. Foto: ReutersKarlo Anchelotti qol ostidagi Napoli mehmonda Udineze bilan bahsga kirishdi.Oyinning 32-daqiqasida mezbon jamoa hujumchisi Kevin Lazanya hisobni ochgan bolsa, 69-daqiqaga kelib neapolliklar yarim himoyachisi Petr Zelinski hisobni tenglashtirdi.Shu tariqa oyin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bolishib oldi.Takidlash joiz, toqnashuvning 79-daqiqasida serbiyalik himoyachi Nikola Maksimovich hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va Napoli bahs yakuniga qadar maydonda bir kishi kam bolib harakat qildi.Malumot uchun, Napoli 21 ochko jamgargan holda musobaqa jadvalida 7-orinda bormoqda. Udineze esa 15 ochko bilan 14-pogonani egallab turibdi.Shu kuni turning markaziy uchrashuvlaridan birida Mauritsio Sarri boshliq Turinning Yuventus klubi safarda Simone Inzagi boshqaruvidagi Rimning Latsio jamoasiga qarshi maydonga tushdi.Uchrashuv davomida keksa sinyora yetakchisi Krishtianu Ronaldu (25) tomonidan urilgan golga rimliklar Luis Felipe (45), Sergey Milinkovich-Savich (74) va Felipe Kaysedo (90)ning gollari bilan javob qaytardi.Natijada Turin klubi joriy mavsumdagi dastlabki maglubiyatini Latsioga qarshi kechgan bahsda qabul qilib oldi (1:3).Qayd etish kerak, bellashuvning 69-daqiqasida Yuventus yarim himoyachisi Xuan Kuadrado raqib oyinchisiga qopollik ishlatgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.Eslatib otamiz, Yuventus 36 ochko jamgargan holda musobaqa jadvalida 2-orinda bormoqda. Latsio esa 33 ochko bilan 3-pogonani band qilib turibdi.A Seriya15-tur bahslari7-dekabr, shanbaAtalantaVerona 3:2Gollar: 0:1 23 Di Karmine, 1:1 44 Malinovskiy, 1:2 57 Di Karmine, 2:2 64, penalti Muriel, 3:2 90 GimshitiUdinezeNapoli 1:1Gollar: 1:0 32 Lazanya, 1:1 69 ZelinskiLatsioYuventus 3:1Gollar: 0:1 25 Ronaldu, 1:1 45 Luis Felipe, 2:1 74 Milinkovich-Savich, 3:1 90 KaysedoYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0