Liga 1. PSJ safarda irodali g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 17-turida 7-dekabr, shanba kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi safarda “Monpelye”ni sinovdan o‘tkazdi. Foto: ReutersUchrashuv davomida parijliklar yarim himoyachisi Leandro Paredes o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, Neymar (74), Kilian Mbappe (76) hamda Mauro Ikardi (81) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Monpelye” ustidan 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.Qayd etish joiz, o‘yinning 72-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Pedru Mendesh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.Ma’lumot uchun, PSJ 39 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Monpelye” esa 24 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.Liga 117-tur bahsi7-dekabr, shanba“Monpelye”—PSJ 1:3Gollar: 1:0 — 41, avtogol Paredes, 1:1 — 74 Neymar, 1:2 — 76 Mbappe, 1:3 — Ikardi“Monpelye”: Rulyi, Suke, Pedru Mendesh, Kongre, Oyongo, Savanye (Molle, 67), Le Tallek, Shotar, Ilton, Delor, Labord (Sambiya, 77)PSJ: Navas, Menye, Tiago Silva, Kimpembe (Diallo, 18), Bernat, Guyye (Kuassi, 25), Sarabiya, Paredes, Mbappe (Shupo-Moting, 90), Ikardi, NeymarOgohlantirishlar: Pedru Mendesh (5), Diallo (42), Oyongo (45), Bernat (59), Shotar (79), Tiago Silva (83), Suke (85)Chetlatish: Pedru Mendesh (72)Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz