APL. Chelsi safarda maglub boldi, Liverpul va Tottenhemda esa yirik galaba (video)

Futbol boyicha Angliya Premyer ligasining 16-turi doirasida 7-dekabr, shanba kuni 4 ta uchrashuv bolib otdi. Foto: ReutersFrenk Lempard qol ostidagi Londonning Chelsi klubi safarda Evertonga qarshi maydonga tushdi.Bellashuvning 5-daqiqasidayoq mezbon jamoa yarim himoyachisi Risharlison hisobni ochgan bolsa, 49-daqiqaga kelib mersisaydliklar hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin hsiobni 2:0 korinishiga olib keldi. Oradan 3 daqiqa otib esa aristokratlar vakili Mateo Kovachich hisobni qisqartirdi (2:1). Evertonning 3-goliga Kelvert-Lyuin 84-daqiqada mualliflik qilib, dublga erishdi.Shu tariqa London klubi safarda kechgan bahsda Evertonga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoydi va ochko yoqotdi.Malumot uchun, Chelsi 29 ochko jamgargan holda musobaqa jadvalida 4-orinda bormoqda. Everton esa 17 ochko bilan 14-pogonaga kotarildi.Shu kuni Yurgen Klopp boshliq Liverpul mehmonda Bornmutni sinovdan otkazdi.Oyin davomida Mersisayd klubi azolari Aleks Oksleyd-Chemberlen (35), Nabi Keyta (44) hamda Muhammad Saloh (54) oz hisobiga bittadan golni yozdirib qoydi.Natijada Liverpul safarda Bornmutni yirik 3:0 hisobida maglubiyatga uchratdi va navbatdagi 3 ochkoga ega boldi.Qayd etish joiz, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan qizillar ochkolari sonini 46 taga yetkazdi. Bornmut esa 16 ochko toplab 15-orinni band qilib turibdi.Joze Mourinyo boshqaruvidagi Londonning Tottenhem jamoasi esa oz maydonida Byornlini qabul qildi.Uchrashuvda London klubi hujumchisi Harri Keyn (4, 54) dublga erishgan bolsa, Lukas Moura (9), Son Hyon Min (32) va Mussa Sissoko (74) bittadan golga mualliflik qildi.Shu tariqa shporlar oz uyida kechgan bahsda Byornli darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobdagi galabani nishonladi (5:0).Ushbu galabadan song Tottenhemning ochkosi 23 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 5-oringa kotarildi. Byornli esa 18 ochko bilan 13-pogonda bormoqda.APL16-tur bahslari7-dekabr, shanbaEvertonChelsi 3:1Gollar: 1:0 5 Risharlison, 2:0 49 Kelvert-Lyuin, 2:1 52 Kovachich, 3:1 84 Kelvert-LyuinBornmutLiverpul 0:3Gollar: 0:1 35 Oksleyd-Chemberlen, 0:2 44 Keyta, 0:3 54 SalohTottenhemByornli 5:0Gollar: 1:0 4 Keyn, 2:0 9 Lukas Moura, 3:0 32 Son Hyon Min, 4:0 54 Keyn, 5:0 74 SissokoUotfordKristal Pelas 0:0Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0