Namangandagi uloq-kopkarida mingdan ortiq chavandoz maydonga tushdi (foto)

Namangan otchoparida qishloq xojaligi xodimlari kuni munosabati bilan kopkari tashkil qilindi. Bu haqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda. Foto: Rahmonjon MamadaliyevOn minglab tomoshabin kuzatgan musobaqalarda mingdan ortiq chavandoz ozining uloqchi oti bilan maydonga tushdi. Tashkilotchilar tomonidan 3 ta tuya, 12 ta toy, ondan ortiq buzoq, ottizga yaqin qoy-echki, onlab gilam, televizor va boshqa qimmatbaho sovgalar sovringa tikildi. Foto: Rahmonjon MamadaliyevUloqda mamlakatdagi barcha viloyatlar, shuningdek qoshni Qirgistonning Osh, Jalolobod va boshqa hududlaridan kelgan chavandozlar ishtirok etdi. Foto: Rahmonjon MamadaliyevOt chopishda faxriylar ham yoshlarga namuna boldi. Uloqning bosh hakamligi vazifasini 70 yoshga borib qolgan toraqorgonlik Murod polvon Mirzayev bajargan bolsa, andijonlik 70 yashar Sulaymon polvon ozining Gerkules laqabli otida ortadan uloq olib chiqib, mahoratini namoyish qildi. Foto: Rahmonjon MamadaliyevOtchopar atrofida otovlar tikilib, qishloq xojaligi xodimlari uchun dasturxon yozildi. Uning qarshisidagi sahnada esa Rustam Goyipov, Shohjahon Jorayev qoshiqlari bilan tadbirni qizdirdi. Foto: Rahmonjon MamadaliyevBayram tadbiri Namangan shahridagi Shodiyona majmuasida davom etdi. Bu yerda bir guruh soha vakillari va ularga kamarbasta bolganlar viloyat hokimligining esdalik sovgalari bilan taqdirlandi. Foto: Rahmonjon MamadaliyevMalumot uchun, Ozbekistonda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xojaligi xodimlari kuni etib belgilangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0