Qurol ishlab chiqarish, tamirlash va sotish haqidagi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoyildi

Ozbekiston milliy gvardiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oq-dorilarini ishlab chiqarish, tamirlash va realizatsiya qilish boyicha faoliyatni litsenziyalash togrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori loyihasi Ozbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Foto: AP PhotoNizomga kora: fuqaroviy va xizmat qurolini ishlab chiqarish; fuqaroviy va xizmat qurolining oq dorilarini ishlab chiqarish; fuqaroviy va xizmat qurolini tamirlash, fuqaroviy va xizmat qurolini realizatsiya qilish; fuqaroviy va xizmat qurolining oq-dorilarini realizatsiya qilish boyicha faoliyat turlari litsenziyalanadi. Pichoqlarning milliy turlarini (pichoqlar) ishlab chiqarish, tamirlash va realizatsiya qilish;Qurol egalari yani jismoniy shaxslarning silliq stvolli ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma asosida ozlariga tegishli silliq stvolli ov qurolining patronlarini shaxsiya foydalanish uchun aslahalash;Qurol egalari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurolni saqlash va olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalash yoki korgazmaga qoyishga doir ruxsatnomalar asosida ozlariga tegishli bolgan fuqaroviy va xizmat qurolini tamirlash hamda uning butlovchi qismlarini almashtirish;Qurol egalari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qurol va uning oq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnomalar asosida ozlariga qonuniy asoslarda tegishli bolgan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oq-dorilarini relizatsiya qilish boyicha faoliyat turlari litsenziyalanmaydi.Nizom loyihasida litsenziya talablari va shartlari, litsenziyani olish uchun taqdim etiladigan zaruriy hujjatlar, arizani korib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish togrisidagi qarorni qabul qilish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikatini berish hamda litsenziyani amal qilishini toxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish shartlari va tushunchalariga izoh berilgan. Shuningdek, Milliy gvardiya tomonidan beriladigan litsenziyaning namunaviy loyihasi ham qaror loyihasiga ilova qilingan.6-dekabrda portalga joylashtirilgan hujjat loyihasi 20-dekabrga qadar muhokama qilinadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0