Saylov kuni ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini chiqarish bosqichlari togridan togri namoyish etiladigan saylov uchastkalari royxati tasdiqlandi

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi, deb yozmoqda OzA. Foto: DaryoVideokonferensaloqa shaklida otkazilgan tadbirda ayrim saylov uchastkalariga biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini onatish, saylovlarda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni, ommaviya axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan otkazishga oid masalalar korib chiqildi.Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M. Abdusalomov MSK tomonidan demokratik huquqiy davlatda saylovlarni ochiq oshkora tashkil etish, mamlakat fuqarolarining saylovga oid Konstitutsion huquqlarini toliq amalga oshirish, har bir saylovchiga hoh u mamlakatimiz hududida, hoh u xorijiy davlatda istiqomat qilayotgan bolsin, saylovlarda faol ishtirok etish va ozi munosib deb topgan nomzodga ixtiyoriy, yashirin ovoz berish huquqini taminlash borasida izchil ishlar amalga oshirilayotganini alohida takidladi. Foto: OzAMSK qaroriga binoan, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bolgan saylovchilarning siyosiy huquqlarini taminlash maqsadida, Ozbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi bakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida 55 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan va ular Toshkent shahrida tuzilgan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazuvchi 12 ta saylov okruglariga biriktirilgan.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorida belgilangan vazialarning taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarinin rivojlantirish vazirligi hamda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi va Toshkent shahar hokimligi taklifiga kora ozgartirish kiritilgan ayrim saylov uchastkalariga biometrik identifikatsiya qilish qurilmalarini ornatish ishlarini 15-dekabrgacha yakunlash belgilandi hamda saylov kuni ovoz berish jarayoni va saylov yakunlarini chiqarish bosqichlari togridan togri namoyish etiladigan saylov uchastkalari royxati tasdiqlandi.Majlisda Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga muvofiq Mustaqil davlatlar hamdostligi kuztuvchilar missiyasining 25 nafar xalqaro kuzatuvchisi akkreditatsiyadan otkazildi.Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasini yoritish yuzasidan mamlakatimiz va chet el jurnalistlarini akkreditatsiyadan otkazish davom etayotgani hozirgi kungacha 264 ta mahalliy va 100 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari akkreditatsiyadan otkazilganligi malum qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0