Tarixdagi eng sirli olimlardan biri. Janob Bergmanning songgi kunlari haqida fotogalereya

2009-yilning 16-iyunida Irlandiyaning Slaygo grafligida yashovchi Artur Slaygo Rosses-Poynt qishlogi yaqinidagi sohilga ogli bilan yugurishga kelgan vaqtida suv tolqinlari qirgoqqa olib chiqib tashlagan erkak jasadini korib qoladi. Keyinchalik erkakning Piter Bergmann ekani aniqlangan, biroq uning nima sababdan vafot etgani hozirgacha internet olami foydalanuvchilarini qiziqtirib keladi. Erkakning olimidan avvalgi kunlari qanday otganini u yurgan va yashagan joylardagi kameralar yordamida aniqlashga urinib korildi, biroq toplangan malumotlar sirli olim yuzasidan surishtiruv jarayonini yanada chigallashtirdi. Foto: Big PictureSirli Piter Bergmann2009-yil 12-iyunda Slaygo shahridagi kameralar soat 18:28 da Olsterdan avtobusda kelgan oriq kishini tasvirga tushirgan. Avtobusdan tushgan erkak yelkasiga sumka osgan va qolida sport sumkasini kotargandi. Bergmann taksi toxtatib Sligo City Hotel mehmonxonasiga borgan va 65 yevro evaziga u yerdan xona ijaraaga olgan. Royxatdan otgan vaqtida u ozini Piter Bergmann deb tanishtirgan va Venada Aynshtettern kochasi 15-uyda yashashini bildirgan. Piter Bergmann Slaygo avtovokzalidaFoto: Big PictureErtasi kuni u mahalliy pochta bolimiga borib, u yerdan sakkizta marka va aviapochta stikerlarini xarid qilgan. 14-iyun yakshanba kuni esa Piter kochada taksi toxtatib, chomilish uchun yaqin atrofdagi sohil boyiga borgan. Taksichi uni Rosses-Poyntga eltib qoygan. Atrof-muhitni tomosha qilgan erkak osha avtomobilning ozida Slaygoga qaytgan. Piter Bergmann mehmonxonada royxatdan otmoqdaFoto: Big Picture15-iyunda Piter Bergmann soat 13:06 da qora sumka va binafsharang polietilen paketini kotarib kochaga chiqqan. 13:38 da Kueysayd kochasidagi savdo markaziga kelib, u yerda tushlik qilgan. Tushlikdan keyin erkak chontagidan chiqqan gijimlangan qogozlarni oqib, yirtib tashlagan va ahlatga uloqtirgan. Bir soatdan keyin Piterni Rosses-poynt plyajida sayr qilayotganini korishgan. Piter Bergmann Slaygo savdo markazining zalidaFoto: Big PictureGuvohlar erkakning suv boyida qaqqayib turgani va kech tushishini poylaganini bildirgan. 16-iyun 06:45 da Artur Kinsell va uning ogli sohil boyida Piter Bergmanning murdasini korgan. Irlandiya politsiyasi ishni besh oy davomida tergov qilgan va bir nechta tafsilotni organgan, ushbu malumotlar ushbu holatning sirliligini yanada oshirgan.Janob Bergmanning sirlariPiter Bergmann atrofdagi odamlar bilan deyarli muloqot qilmagan, lekin guvohlar uning yengil nemis lahjasida gapirganini malum qilgan. Erkakning yonidan hujjatlar va pullar topilmagan. Kiyimning yozuvlari va shtrix-kodlari qopol ravishda qirqib olingan. Patologoanatomlar erkakning 55 65 yoshda bolgani, unda prostataning rivojlanayotgan saratoni va suyak osimtasi borligini aniqlagan. Jasad tekshirilganda murdaning qiynoqqa solingani yoki qotillik tufayli oldirilgani boyicha alomatlar aniqlanmagan. Piter Bergmanning saqlanib qolgan buyumlariFoto: Big PictureU bir necha marta yurak xurujiga uchragan va bitta buyrakli odam bolgan. Piter kuchli ogriqlar tasirida yurgan bolsa ham hech qanday dorilarni qabul qilmagan. Barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashga urinishlar ham besamar ketgan. Piter Bergmann chegarada royxatdan otmagan va Irlandiyaga qonuniy yol bilan kelmagan, Aynshtetterndagi 15-uy ornida esa hech nima yoq. Piter Bergmann binafsharang paket bilan kochaga chiqmoqda.Foto: Big PictureKameralar oxirgi kunlarda uning 13 marta mehmonxonadan chiqqani va har safar binafsharang paket bilan kochaga chiqib usiz ortga qaytganini korsatmoqda. Ushbu kunlar davomida Bergmanning paketni qayoqqa tashlagani kameralar nigohidan chetda qolgan. Politsiya erkakning kameralarning ojiz nuqtasini juda yaxshi bilganligini takidlagan. Ish bilan shugullangan Terri Makmaxon uning sobiq politsiyachi yoki harbiy bolganini taxmin qilgan. Bergmann ayrim holatlarda kamera tasvirlariga tushishni istamagan bolishi mumkin. Rosses-Poynt sohiliFoto: Big PicturePolitsiya ahlatxonalarni ham tekshirib chiqdi va ishga aloqador ashyoviy dalillar topa olmadi. Bergmanning marka sotib olganidan keyin sakkizta xatni kimga yuborgani ham nomalumligicha qolmoqda. Inspektor Rey Malderrig ham sirli olim yuzasidan fikr bildirib, ishning ota chigal ekanligini qayd etgan.Tarixda qolishPiter Bergmanni hodisasi Reddit nashrining koplab postlari va odamlarning ularga bildirgan munosabat-u taxminlari bilan tarixda qoldi. Eng ommaviy sharhlar va taxminlarda erkakning maxsus xizmat vakili, jinoyatchi yoki zamonlar osha sayohat qiluvchi olim ekani bildirilgan. Slaygo kochasida yurgan sirli Piter BergmannFoto: Big Picture2013-yilda rejissor Kiran Kessidi Piter Bergmanning oxirgi kunlari nomli hujjatli filmni suratga oldi va unda sirli ishning barcha tafsilotlarini yoritishga harakat qildi. Ushbu filmdan keyin ijtimoiy tarmoqlar koplab internet-surishtiruvlari va podkastlarga tolib ketdi, barchasida odamlar Piter Bergmanning kim bolganligi yuzasidan oz fikrlarini bildirardi. Hech kimga sezdirmay, tinchgina olishni istagan odamning bunday shov-shuvli muhokamalarga sabab bolgani galati.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0