Mardikor bozoridagi ayol. Uni kim himoya qiladi?

Ayollarga hurmat-ehtirom korsatish, ularning munosib sharoitda mehnat qilishini taminlash bizning bosh maqsadimiz bolmogi lozim.Afsuski, ishsizlik muammosi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan ayni paytda mardikor bozorlarida ayollarni ham korishimiz, ogir sharoitlarda mehnat qilayotganiga guvoh bolishimiz mumkin. Bandligi taminlanmagan bu ayollar yollanma ishchi sifatida turli ogir yumushlarni bajarishga tayyor. Rozgor xurjunini boyniga olgan nozik hilqat egalari kun korish, farzandlarini boqish uchun shunday ishlashga majbur bolmoqda. Mardikor ayollar orasida turli yoshdagi xotin-qizlar bor. Hayotda qiynalgan, ish sorab kop eshiklarga bosh urgan, hech qanday natija chiqmagach, mardikorlik qilayotgan ayollarning qolida kasb-hunari yoq, aksariyati malumotsiz, muqim shaxsiy turar joysiz.Xalq demokratik partiyasi doimiy ish joyiga ega bolmay, ogir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarning muammolarini hal etish uchun mamlakatimizda yangicha tizim joriy etish, ishsiz ayollarning manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.Vaziyat shu qadar jiddiyki, mardikor bozoriga chiqadiganlar ayollarga uy yumushlarigina emas, gisht quyish, yuk tashish kabi ogir ishlar ham yuklanadi. Payti kelsa, ishlatib haqini bermaslik, mardikorlik uchun yollab, keyin boshqa ishlarga majburlash holatlari ham uchraydi.Joylarda mutasaddilar bilan otkazilayotgan sayyor qabullar chogida ham ishsizlik muammosi, ayollar bandligini taminlash boyicha koplab murojaatlar bolmoqda. Doimiy ish joyiga ega bolmagan, ogir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish nihoyatda dolzarb vazifadir.Ayollar bandligini taminlash yonalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:Birinchidan, deputatlik va jamoatchilik nazorati tarzida mardikor bozorlarini organib chiqish, shu asosda fuqarolarni vaqtincha ish bilan taminlashga oid huquqiy-meyoriy hujjatlarning nechoglik ishlayotganini aniqlash zarur. Agar mehnat bozorida bir martalik ishchilarga talab yuqori bolsa, jarayonni tashkil etish mexanizmini soddalashtirish, huquqiy meyorlarni mustahkamlash, ayollarning mehnat muhofazasini kuchaytirish zarur.Ikkinchidan, bandlik va ishsizlikka qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga doir ilgor xorijiy tajribani organish, shu asosida bandlikni taminlash togrisidagi qonun hamda boshqa tegishli qonun hujjatlariga zarur ozgartirishlar kiritish boyicha takliflar tayyorlab, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi orqali olib chiqish lozim.Uchinchidan, xorijiy mamlakatlarda deraza yuvish, uy tozalash kabi yumushlar uchun ham turli firmalarga murojaat qilinadi. Mardikor bozorlarida ayollarga taklif etilayotgan mehnat turlarini aniqlash, ularning orasida ayollar imkoniyatiga mos bolgan faoliyat turlari boyicha Ozbekistonda ham firmalar, mehnat birjalari faoliyatini tashkil etish, ularga ishsiz ayollarni biriktirish, ular uchun maxsus kasb-hunar orgatuvchi bepul kurslar tashkil etish, ayollar bandligini taminlovchi firmalarning oz faoliyatini aholiga tanitish va targib qilishiga sharoit yaratish kerak. Shuningdek, qolida hunari yoq, ishsiz ayollarni kasanachilik faoliyatiga yonaltirish ham muammoni yengillashtiradi.Tortinchidan, malumki, ayollar turli sabablarga kora mardikor bozorlariga chiqmoqda. Shulardan asosiysi ishsizlik bolsa, keyingi orinlarda uy-joyga ega emasligi, turmushidan ajralgani va boquvchisi yoqligi, norasmiy nikohlar, ayrim ayollarda fuqarolik pasportining mavjud emasligi kabilardir. Demak, muammoni tizimli yechish fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim.Xulosa qilib aytganda, ayollar baxtli yashamas, munosib sharoitda ishlamas ekan jamiyat farovon bolmaydi. Biz ayollarning baxtli yashashi, doimo hurmat va ezozda bolishini istar ekanmiz, doimiy ish joyiga ega bolmagan, ogir ijtimoiy vaziyatda qolgan opa-singillarimizning ogriqli muammolarini hal etib berishimiz lozim, deb hisoblaymiz.Biz har bir shaxs munosib sharoitlarda mehnat qilishining tarafdorimiz!Saylovlarda partiyamizdan korsatilgan nomzodlarga ovoz bering!Malika Rashidova, OzXDP Markaziy Kengashi sektor mudiriRasmiy sayt: www.xdp.uzFacebook: www.facebook.com/xdp.uzTelegram: https://t.me/joinchat/AAAAAD1zD3JCE-rNGJlIegReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0