Xitoylik oquvchilar bilim boyicha dunyoda tengsiz. Britaniyada esa eng baxtsiz oquvchilar yashaydi. Jahon matbuoti sharhi

Daryo otayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, kopchilikning qiziqishiga sabab bolgan maqolalar sharhiga toxtalib otadi.Eron Trampning nihoyasiga yetayotgan prezidentlik vakolatiga dosh bera oladimi?2018-yil may oyida AQSh Eron bilan imzolagan yadro kelishuvi dasturidan chiqar ekan, Tehronga iqtisodiy jazo choralari tatbiq etdi. Bu Eronning YaIMi kamayishiga sabab boldi. Tehron iqtisodiyoti tanazzul yoqasida bolmasa-da, vaqt uning foydasiga ishlamayotgani aniq. Hasan Ruhoniy. Foto: APAQShdagi 2020-yilgi saylov yaqinlashar ekan, Tramp hukumati bilan muzokaralar olib borish kerakmi, yoqmi, degan masala muhim bolib turibdi, deb yozadi The Project Syndicate nashri. Tramp saylovda yutib chiqishi kerak. Eron hukumatiga aloqador ayrim rasmiylar saylovda demokratlar galabasini kutish kerakligini aytmoqda.Saylovda Tramp galaba qozonsa, uning siyosiy pozitsiyasi yanada kuchayadi. Tehron muzokarani hozir boshlasa, Tramp mamuriyati yon berishga majbur bolishi mumkin. Ammo Eron saylov natijasini kutadigan bolsa, bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy tasir korsatishi mumkin.Eronning bugungi kundagi iqtisodiyotini baholash qiyin. Moliyaviy jazo choralari qollanilganidan song mamlakatning yoqotishlari 515 foiz tegrasida deb aytilmoqda. Eronliklarning ozi mamlakat iqtisodiyoti bahordan boshlab osish pallasiga kirdi demoqda, lekin kuzatishlar buning aksini korsatmoqda. Xalqaro valyuta jamgarmasi malumotiga kora, mamlakat iqtisodiyoti bu yil 9,5 foizga qisqardi.Bu Eron hukumatida qizgin bahslar boshlanishiga turtki berdi. Bir tomonda mamlakatni tayoq yordamida boshqarayotgan Xomanaiy tarafdorlari iqtisodiyotni ogir vaziyatda qayta qurishga tish-tirnogi bilan harakat qilmoqda. Ularning nazarida, neft savdosi borasida yoqotishlar bolsa-da, boshqa sohalarda yutuqlar qolga kiritilmoqda. 2018-yilda Eron milliy pul birligi riyol qiymatini 70 foizga yoqotsa-da, hamon konvertasiya qilinadigan valyuta bolib qolmoqda. Bu esa moliya sohasida oziga xos osish borligidan darak beradi.Bandlik borasidagi raqamlar ham hukumatda qoniqish uygotmoqda. Otgan yilgi ish bilan taminlanish darajasi 3,3 foizni tashkil etgan edi. Ishsizlik darajasi 10,5 foiz bolib, songgi on yillikdagi eng past korsatkich bolib turibdi. Bu nimadan dalolat? Bu hukumat iqtisodiyotni qayta qurayotganidan dalolat beradi.Keskin choralar tarafdorlarining takidlashicha, iqtisodiy qarshilik harakati tashqi savdoga yonaltirilgan iqtisodiyotni qaramlikdan, xususan, Garbga qaramlikdan ozmi-kopmi ozod qildi.Ammo prezident Hasan Ruhoniy va uning islohotchilik kayfiyatidagi hukumati iqtisodiyotdagi yuksalish vaqtinchalik xususiyatga ega deyish bilan birga davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oldini olmoqchi emas. Ularning nazarida, riyolni zarb qilish foydalidir. Ular pul massasining ortib ketishi inflyasiyaga zamin hozirlashidan boxabarmi?Kundalik ehtiyojlarni mashaqqat bilan qoplayotgan Eron davlat sektori ayni paytda xorij sarmoyasining ornini qoplaydigan darajada emas. Xususiy sektor esa moliyalash borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Sababi, aksar banklar tolov salohiyatiga ega emas.Jahli chiqqan qalampir tishlabdi deganday, hukumat uranni boyitish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Maqsad dunyo hamjamiyatiga AQSh yadro kelishuvdan chiqishi xato ekanini korsatishdir.Aslini olib qaraganda, Eron AQSh talablariga kondi va yadro kelishuviga bordi. U siyosiy oyinlarning beayb qurboniga aylandi.Garb Eronning uranni boyitish ishlari borasida bir toxtamga kelishi shart. Bu mintaqadagi xavfsizlik masalasiga hissa qoshadi.Impichment masalasi yangi bosqichga otdiVakillar qomitasi eshituvlarni boshlashi bilan Trampga bildirilgan ishonchsizlik votumi yangi bosqichga kotarildi, deb xabar beradi The Washington Post.Impichmentda Myuller qatnashadimi?Vakillar palatasida asosiy diqqat Ukrainaga qaratilgan. Foto: ReutersHuquq qomitasi raisi Jerold Nadler Trampni Myullerga Ukraina va Rossiya borasidagi surishtiruvga xalaqit berganlikda ayblab chiqdi.Maxsus prokuror R. Myuller Tramp odil sudlov tizimiga xalaqit bergan-bermagani haqida churq etmadi. Myuller, aksincha, amaldagi prezidentni sudga tortib bolmaydi degan xulosa berdi. Shu bilan bir qatorda, u besh holatda Trampni mahkamaga tortishga asos borligini yashirib otirmadi. Bu nutqdan song demokratlar Myullerni impichmentga jalb etish lozim demoqda.Professor Pamela Karlan jamoatchilik diqqati markazidaStenford universitetida huquqshunos bolib ishlaydigan professor Pamela Karlan eshituv davomida asosiy faktlarga yetarli etibor berilmayotgani haqida bong urdi. U chiqishi mobaynida amaldagi prezidentning ashaddiy himoyachisi bolgan vakillar palatasi azosi, respublikachi Duglas Kollinzni beayov tanqid qildi. Respublikachilar ham mum tishlab qolmadi.Oq Uy matbuot kotibi Stefani Girisham Karlan impichmentga daxldor bolmagan shaxslarni ham ayblayotgani Stenford universiteti professori uchun uyat ekanini bildirdi.Karlanni tanqid qilganlar orasida Oq Uyning birinchi xonimi ham bor:Voyaga yetmagan osmir daxlsizlik huquqiga ega. Uni siyosatga tortishlari maqbul emas. Pamela Karlan, aybsiz godakni siyosatdagi mojarolarga tortayotganingizdan uyalsangiz bolar edi.A minor child deserves privacy and should be kept out of politics. Pamela Karlan, you should be ashamed of your very angry and obviously biased public pandering, and using a child to do it. Melania Trump (@FLOTUS) December 4, 2019Trampni himoya qilishni istamayotgan respublikachiRespublikachilar partiyasi vakili, Jorj Vashington universiteti professori Jonatan Terli qomitadagi sorovlarga yaxshigina tayyorlanib keldi. U soz boshidayoq Trampni hurmat qilmasligini, ammo u impichmentga loyiq emasligini takidladi. U Tramp tarafdori emasligini, otgan saylovda unga qarshi ovoz berganini, uning matbuotdagi chiqishlarig tanqidiy qarashini aytib otdi.Shu bilan birga, u Trampning Ukrainadagi siyosati prezidentga qarshi impichment uchun asos bola olishini urgulab otdi.Jonatan Terli prezident Trampga qarshi dalillar berar ekan, unga qarshi impichment shitob bilan borayotganini ham aytib otdi. Xususan, Terli yetarli asosga ega bolmagan ish yuzasidan amaldagi prezidentni boshatish yaxshi emasligini aytib otdi.PISA testi natijalari nima xulosalarni berdi?15 yoshli maktab oquvchilarining savodxonlik darajasini tekshirish imkonini beradigan xalqaro testning 2018-yilgi natijalari elon qilindi.Testda yettinchi marotaba qatnashayotgan Germaniya uchun natijalar haqiqiy shok boldi. Buyuk Britaniya maktablari uchun esa kutilmagan syurprizga aylandi.PISA testining yangi natijalariga kora, xitoylik oquvchilar eng aqlli deb topildi. Ularning britaniyalik tengqurlari eng baxtsiz oquvchilar qatoriga qoshilib qoldi.PISA (Program for International Assessment) test sinovi Rossiya oquvchilari bilimida ijobiy ozgarishlar sezilayotganini aks ettirgan.Shunga qaramay, ozini dunyoning ikkinchi mamlakati, ikkinchi qudrati deb hisoblayotgan Rossiya Federatsiyasi uchun natija maqtangudek emas.PISA har uch yilda bir marotaba otkaziladi. U turli mamlakatlarda 15 yoshli oquvchilar qay darajada bilim olayotganini sinovdan otkazadi.Dastlabki PISA imtihonida ozini talim choqqisiga erishgan deb hisoblovchi davlatlar talim tizimi Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan tizimiga dosh berolmaganidan hayratga tushgan edi.Spigel nashri bir jurnalist firklaridan iqtibos keltiradi:Tadqiqotlar nemis talim tizimi istalgan natijalarni bermayotganidan shikoyat qilayotgan bir vaziyatda nemis siyosatdonlari ajoyib nemis talim maskanlari haqida gapirishdan charchamayapti. 2001-yil ham keldi. PISA birinchi marta otkazildi. Natijalar nemislarni hayratlantirdi. Nemis oquvchilarining saviyasi boshqa mamlakatlarning ortacha darajasiga ham yetib bormasligi nemis talim tizimi rahbarlari uchun kutilmagan holat boldi. PISA osha vaqtlarda Germaniya talim tizimiga kuchli turtki berdi. Bugun nemis oquvchilari bilim darajasining dunyo mamlakatlaridan past bolmagan natijani korsatib kelmoqda.Bu yilgi natija xitoylik oquvchilar hatto singapurlik va tayvanlik tengdoshlaridan-da ozib ketganini korsatmoqda.2018-yilgi PISA testida asosan Shanxay, Pekin, Szyansu va Guandun viloyatlari oquvchilari erishgan yuqori natijalar PISA testi ham tanqidga uchrashiga sabab boldi. Tanqidchilar nazarida, milliarddan oshiq aholiga ega Xitoyning faqat garblashgan sharqiy hudulari oquvchilariga bunday imkoniyatni berish adolatdan emas.Songgi 18 yil mobaynida PISA tashkilotchilari ozmuncha tanqid eshitmadi. CNN nashri PISA oquvchilarning haqiqiy bilimini tekshirish orniga ularni bellashuvchilarga aylantirib qoyayotganini aytsa, Le Monde testni himoya qildi. Nashr PISA zarurligini, tashkilotchilar testga insonparvarlik maqomini berish uchun oquvchilarning maktabdagi hayoti borasida sorov kiritganini takidlab otdi.PISA natijalari Britaniya jamoatchiligini shok holatiga tushirdi: mamlakatda dunyodagi eng baxtsiz oquvchilar yashayotganini korsatdi. Hayotingizdan mamnunmisiz? degan savolga aksar britaniyalik oquvchilari ozini shaxsiy hayotda baxtsiz his etayotganini aytdi.Britaniya talim muassasalari PISAning bu sorovini beetibor qoldirmadi. Talim xodimlari bu mamlakatdagi ayanchli vaziyat inikpsi ekanini, mutasaddilari chora korishi lozimligini aytdi.Jahongir Ergashev tayyorladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0