Toshkent shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 3,2 mlrd som kompensatsiya undirildi

Toshkent shahar hokimligidan bino buzilishi natijasida yuzaga kelgan qarzi tadbirkor foydasiga undirib berildi. Bu haqda Daryoga Biznes-Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Review.uzMalum bolishicha, Toshkent shahar hokimining 2019-yil 12-maydagi qarori bilan Ozavtotexxizmat MChJga tegishli Toshkent shahar Yashnobod tumani, Olmaliq halqasi, 1-uyda joylashgan obyektning bir qismi 486 kvadrat metr qurilish osti maydonida joylashgan umumiy maydoni 1 458 kvadrat metr bolgan bino kompensatsiya tolovlari tolanmasdan buzilgan. Bu bilan tadbirkorning konstitutsiyaviy huquqlari buzilgan.Prezidentning 2019-yil 13-avgustdagi Farmoni bilan Biznes-Ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yol qoyilmasligi ustidan tizimli nazorat ornatish hamda mansabdor shaxslar tomonidan suiistemol va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish va bunga yol qoymaslik yuzasidan zarur choralarni korish vazifalari yuklatilgan.Yuqorida korsatib otilgan holat boyicha Toshkent tumanlararo sudiga davo ariza kiritilgan. Kiritilgan davoga asosan Toshkent shahar hokimligidan Ozavtotexxizmat MChJ foydasiga 3 milliard 210 million som kompensatsiya undirish va 486 kvadrat metrga teng yer maydonini ajratish majburiyati yuklangan va hozirda summa toliqligicha tadbirkorga undirilishi taminlangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0