Kanadada aviahalokat oqibatida vafot etgan ozbekistonliklar dafn etildi

Kanadada 27-noyabr kuni yengil motorli shaxsiy samolyot qulashi natijasida asli ozbekistonlik bolgan Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiyev, shuningdek, ularning oila azolari (jami yetti kishi) halok bolgan edi. Ular dam olish uchun Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon uchayotgan bolgan. Foto: Sof.uzSof.uzning xabar berishicha, Otabek va Bobomurodning oilasi ularni Kanadada dafn qilishga qaror qilgan. Lekin Bobomurodning turmush ortogining ota-onasi yolgiz qizini ona yurtiga olib ketib, dafn qilish niyatida. Shu sababli otasining tez orada Torontoga yetib kelishi kutilmoqda.6-dekabr, juma kuni Toronto yaqinidagi Skarboro shahridagi Abu Bakr Siddiqiya masjidida yuzlab ozbekistonliklar va boshqa musulmonlar ishtirokida 7 marhumning janoza namozi oqilgan. Unda qatnashish uchun ozbekistonliklar Amerikaning Xyuston va Chikago kabi shaharlaridan ham yetib kelgan. Foto: CTV NewsNamozdan song 6 ta tobut solingan avtomashinalar yuzdan ortiq kishi kuzatuvida 25 kilometr shimolda joylashgan Richmond Hill yaqinidagi musulmonlar qabristoniga olib borilgan. Foto: CTV NewsJasadlar olti kishi uchun qazilgan bitta qabrga dafn qilindi. Birinchi marhum Otabek Obloqulov qabrga qoyilgan. Uning yoniga 15 va 5 yoshli ogillari, qizi va turmush ortogi, undan keyin Bobomurod Nabiyevning jasadi qoyilgan.Qayd etilishicha, halokat noqulay ob-havo sababli yuz berganmi, texnik nosozlik sabablimi yoki inson omilidanmi hozircha nomalum. Buni aniqlash uchun samolyotning hamma bolaklari Kanada aviatsiya xavfsizlik kengashi tomonidan olib ketilgan. Foto: Sof.uz Foto: Sof.uz

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0