Pastdargomdagi zavodda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganini aniqlagan MIB xodimlariga qarshilik qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdargom tumanidagi beton zavodida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatini aniqlagan MIB xodimlari faoliyatiga zavod ish yurituvchisidan to tuman hokimi yordamchisigacha faol qarshilik qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Foto: Videodan kadrVoqea yuzasidan MIB bilan boglangan Xabar.uzning malum qilishicha, byuro markaziy apparati matbuot xizmati boshligi Farrux Toshpolatov vaziyatga quyidagicha oydinlik kiritgan: Aniqlanishicha, joriy yilning 4-dekabr kuni Pastdargom tumani Qatorterak mahallasidagi namunali uylar ortida joylashgan Pastdargom tumani obodonlashtirishdireksiyasiga qarashli sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodi korikdan otkazilganda shu kunga qadar hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmagan holda elektr energiyasidan (elektr hisoblagichsiz) togridan togri foydalanib kelgan.Ushbu holat yuzasidan, MIB Pastdargom tuman bolimi xodimlari tomonidan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida (MIB NV EH-007509) dalolatnoma hamda Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi (MIB SA-0010426) bayonnoma rasmiylashtirilgan.Rasmiylashtirilgan hujjatlarga zavod xodimlari qol qoyishdan bosh tortganligi sabab shu mahallada yashovchi fuqarolar Z.Sultonova va N.Joraqulovalar ishtirokida yana bir dalolatnoma tuzilgan.Shuningdek, zavodga tegishli transformatordagi avtomatdan muhrlash yoli bilan elektr energiyasi tarmogidan uzish jarayonida tuman hokimining yordamchisi A.Mardiyev va fuqaro R.Annabozorovlar tomonidan qarshilik korsatilganligi rost.Shundan song fuqaro R.Annabozorov tuman hokimining yordamchisi A.Mardiyevning ogzaki topshirigiga asosan MIB tuman bolimi xodimlari tomonidan tamgalangan muhrlarni qasddan buzib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishini davom ettiraveradi.Bu orada xodimlarimiz tomonidan zavodni tayanch izolyator nuqtasidan uzish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasining navbatchilik qismiga murojaat qilingan.Murojaatga asosan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari X.Haitov hamda xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Biroq zavod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligini haqida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan bolsa-da, turli xil bahonalarni rokach qilib, zavodni elektr tarmogidan uzmaydi.Qonun talablariga kora, zavod avvalo Ozdavenergonazorat inspeksiyasidan havo liniyasi va ornatilgan transformator punkti uchun Xizmat loyihasiga ega bolishi, 20 kVt.li kuchlanishdan yuqori bolgan obyektlar uchun shart bolgan elektr tarmoqlari korxonasidan istemolchi sifatida royxatdan otishi lozim.Biroq joriy yilning 5-dekabr kuni tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari X.Haitov ushbu yoriqnomaga amal qilmasdan byuroning Pastdargom tuman bolimi xodimlarining ishtirokisiz, hech qanday hujjatlarsiz yangi elektron hisoblash tizimidagi (ASKUE) elektr hisoblagich uskunasini ornatib ketadi.Tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari X.Haitovning oz xizmat vazifasini suiistemol qilganligi yuzasidan viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga taqdimnoma kiritildi.Bundan tashqari, Pastdargom tumani obodonlashtirishdireksiyasiga qarashli sement mahsulotlarini qayta ishlash zavodi xodimi R.Annabozorov va tuman hokimi yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan A.Mardiyevning harakatlariga huquqiy baho berish uchun holat tuman prokuraturasi tomonidan organilmoqda.Ayni paytda zavod tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi boyicha yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda. Shundan kelib chiqib, aybdorlarning javobgarlik masalasi hal etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0