Kent grafligida arslonlarga qoshni sifatida tunab qolish mumkin bolgan garoyib mehmonxona ochildi (foto)

Yovvoyi hayvonlardan chochimasdan tabiat qoynida uxlash Afrika va Osiyoda amalga oshirish mumkin bolgan ekstremal ishlardan biri hisoblanadi. Yevropada ham dam olish kunlarini maroqli va sarguzashtga boy otkazmoqchi bolganlar uchun shunday imkoniyat yaratildi. Kent grafligida safari-park hududida bir nechta bejirim uychalar qad rostladi. Istagan sayyoh bu yerdan oziga joy band etishi va jungli ormonlarining podshohlari bilan qoshnichilikda malum vaqt yashashi mumkin. Foto: Big PictureSafari yarim sahrolarida yovvoyi tabiat qoynida zavq olishni istagan sayyohlar endi Afrika-yu Osiyo burchaklariga bormasa ham boladi. Buyuk Britaniyada sarguzasht ixlosmandlari uchun arslon-u yolbarslar bilan yonma-yon, qoshnichilikda tunash imkoniyatini beruvchi kompleks ishga tushgan. Foto: Big PictureKentdagi buyurtma mehmonxonasi Lympneda joylashgan safari-park ichida qurilgan va besh yulduzli mehmonxona hisoblanadi. Foto: Big PictureBu yerda sayyohlar yovvoyi hayvonlarga, jumladan, bori, ayiq, yolbars va arslonlarga qoshni sifatida uychalarni ijaraga olishi mumkin. Foto: Big PictureTashrif buyuruvchilar hayvonlardan chochimay uxlab, uychada ozini xotirjam his eta oladi.Uylar orasidagi eng garoyib kulba sherlarga qoshni bolgani. Yovvoyi tabiatdan zavq oluvchi kishilar uyning ulkan derazalaridan atrofda sayr qilib yurgan sherlarni tomosha qiladi. Foto: Big PictureMehmonxona nomerlari loft uslubida jihozlangan, xonalarda ulkan kamin pechlari, hayvonlar hujumidan himoyalangan skandinav ochiq termal suv havzalari mavjud.Mehmonlar xona yotoxonasidan arslonlar oilasi Adras va Audrikaning uch nafar shervachchani voyaga yetkazayotganini tomosha qiladi. Foto: Big PictureUychada maxsus bar, 2 metrli qandil va bog hovlisiga olib chiquvchi alohida yolak ham bor. Foto: Big PictureXonalarni band qilish va ijaraga olish narxlari ulardagi qulayliklar darajasiga bogliq holda osib boradi. Muntazam tashrif buyuruvchilar 1 750 funt tolab mehmonxonada tunashi mumkin. Ushbu narxlarga nonushta, bir shisha shampan vinosi, safarini bepul sayr qilish, Port Lympne qoriqxonasini aylanish hamda yovvoyi hayvonlar yashovchi Xoulets parkini kezib chiqish ham kiritilgan.Kompleksning boshqa nomerlarida tunab qolish nisbatan arzonroq: yolbarslar uychasi 1000 funt, borilar uyi 549 funt, ayiqlar yonidagi nomer 350 funt.Bunday mehmonxonada otadigan tun unutilmas voqeaga aylanadi. Yovvoyi hayvonlar bilan muloqotdan olingan taassurotlar ham inson xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Foto: Big Picture

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0