Ozbekistonda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 79 nafar fuqaro afv etildi

Jazo muddatini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi Prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.Farmonga muvofiq, Ozbekiston Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan jazo muddatini otayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.Afv etilgan shaxslarning 20 nafari jazodan toliq ozod qilinadi, 37 nafari jazoni otashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.Konstitutsiya kuni munosabati bilan afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0