Ozbekistonda barcha ish beruvchilar bajarishi majburiy bolgan yangi tartib paydo boldi

Hukumat qarori bilan Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini royxatdan otkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.Nizomga kora, mehnat munosabatlarini royxatdan otkazishda Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YAMMT IDAK)dan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boysunishidan qati nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.YAMMT IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.Ish beruvchi va xodim ortasida tuzilgan mehnat shartnomasini royxatdan otkazish YAMMT IDAKga mehnat shartnomasi haqidagi malumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.Shuningdek, YAMMT IDAKdagi elektron mehnat daftarchasiga kirish: mustaqil ravishda, jismoniy shaxsning ERIdan yoki telefon raqamiga SMS xabar orqali yuborilgan kirish kodidan foydalanib xodim tomonidan; xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi royxatdan otkazilganidan song ish beruvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Malumot uchun: YAMMT IDAK Prezidentning 2019-yil 31-oktabrdagi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0