7-dekabr Fuqaro aviatsiyasi kuni

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti IKAO tomonidan tasis qilingan bayram sanasi 1994-yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelinadi. Sana osha yili IKAO tasis etilganining 50 yillik tantanalari asnosida belgilangan. 1996-yildan etiboran sanani BMT ham tan olgan va alohida rezolyutsiya orqali xalqaro bayram kuni sifatida etirof etgan. Foto: Google PhotosXalqaro fuqaro aviatsiyasi kuni bayramini nishonlashdan maqsad keng jamoatchilikka sohadagi yutuqlar haqida axborot berish, turli qita, mamlakat va madaniyatlarni ozaro boglashda xalqaro fuqaro aviatsiyasi ahamiyatini korsatish hamda aviatsiyaning zamonaviy global transport tarmogidagi inkor qilib bolmas yetakchi ahamiyatiga urgu berishdir.Haqiqatan ham, fuqaro aviatsiyasi butun boshli qitalarni birlashtiruvchi, insonlarning uzogini yaqin, ogirini yengil qiluvchi eng muhim transport tarmogidir. U tufayli biz bugun avvalgi zamonlarda haftalab va balki oylab safar orqali yetib borilgan manzil-makonlarga sanoqli soatlarda yetib bormoqdamiz. Shu jihatdan fuqaro aviatsiyasi butun bashariyatga juda katta xizmat qilayotgan ota muhim ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar ahamiyatga ega sohadir.Otgan 2018-yil mobaynida xalqaro muntazam qatnovlar orqali 4,3 milliard nafar yolovchi manzilga eltib qoyilgan. Bu undan avvalgi yilga nisbatan 6,1 foizga kop demakdir. Umuman olganda, fuqaro aviatsiyasida bunday yillik osish salmogi ancha yildan buyon saqlanib kelmoqda va 2019-yil yakunlari boyicha ham bundan kam bolmasligi kutilmoqda. Yillik aviaqatnovlarning umumiy soni esa 38 millionga yetgan. Fuqaro aviatsiyasi sohasi samolyotlarining umumiy parvoz masofasi 8,2 trillion kilometrni tashkil qilgan.Bosh vaqtingiz bolsa, qiziqish yuzasidan Flightradar.com saytiga tashrif buyursangiz, butun Yer shari boyicha ayni damda parvozda bolgan samolyotlar sonini korib hayratga tushasiz. Butun dunyo boyicha turli mamlakatlarga sayohat qilayotgan turistlarning 1,4 milliard nafari aynan aviaqatnovlar orqali safar qiladi. Bu raqamlarning oziyoq zamonaviy dunyoda fuqaro aviatsiyasi nechoglik muhim ahamiyatga ega ekanini yaqqol korsatib turibdi.Biz ham Daryo jamoasi nomidan soha vakillarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz. Parvozingiz doimo bexatar bolsin deya tilak bildiramiz!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0