Tabiatning taraqqiyotga taslim bo‘lmay, o‘z so‘zini o‘tkazishga urinishini isbotlovchi 15 surat

Odamlar tabiatni bo‘ysundirish va uni o‘z foydasi uchun xizmat qilishga majburlashga urinib keladi. To‘g‘onlar quradi, yangi turdagi o‘simlik va hayvonlar yaratadi, katta shaharlarni bunyod qiladi. Tabiat ham ularning kuchiga tan bergandek go‘yo. Ammo u xotirjamlikka berilgan odamzodga o‘z kuchi va qudratini namoyish ham qilib turadi. Bu hatto arzimas ko‘rinadigan hodisalarda ko‘zga tashlanadi. Foto: Big PictureTokiodagi ushbu daraxt temirdan qilingan to‘siqlarga qo‘llari bilan yopishib olgan. Foto: Big PictureOlmaxon yo‘l belgisining temir ustunini eman yong‘oqlari bilan to‘ldirib qo‘ygan. Foto: Big PictureDaraxt yo‘l belgisini yutib yuborgan. Foto: Big PictureSun’iy chim qoplamasidan haqiqiy o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqqan. Foto: Big PictureChirmovuq shamol musiqasini o‘chirish uchun stulga joylashib olgan. Foto: Big PictureQuvurga tushib ketgan jo‘xori donachasi nish urib, kichik poyali o‘simlikka aylangan. Foto: Big PictureBir oy davomida chim o‘sgan hovlida turgan mashina o‘rnidagi o‘tlar quyosh nuridan holi joyda qurib-qaqshab qolmagan. Foto: Big PicturePiyoz mashina yukxonasida to‘rt oy yotgan. Foto: Big PictureSporali o‘simlik hisoblanuvchi yo‘sin o‘rmonda qoldirilgan oyoq kiyimini qoplab olgan. Foto: Big PicturePo‘panak ideal oltiburchak shaklida o‘sib, tomni qoplagan va antiqa ko‘rinish hosil bo‘lgan. Foto: Big PictureUshbu daraxtning ildizlari har qanday joyda yashab qolishga qodir. Foto: Big PictureYo‘sin qabr toshidagi yozuvlarni qoplab ularga o‘zgacha rang bergan. Foto: Big PictureDaraxtning ildizlari yo‘lakchadagi izlarni takrorlamoqda. Foto: Big PictureUshbu kaktus to‘rt yildan beri tomda o‘sadi. Foto: Big PictureTrotuardagi kichkina teshikda ajabtovur kichik bog‘ barpo bo‘lgan. Foto: Big Picture

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0