?Faqat tilda orinbosar maqomini olgan va ish boshlaganiga 5 oy ham bolmagan matbuot kotiblari Qashqadaryo hokimi tanqidiga uchradi

Qashqadaryodagi 8 ta tuman hokimlarining matbuot kotiblari viloyat rahbari Zoir Mirzayev tanqidiga uchradi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiAytilishicha, 6 dekabr kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev rahbarligida Yoshlar kelajagimiz jamgarmasi faoliyatiga doir tanqidiy ruhdagi yigilish bolib otgan.Viloyat hokimi axborot xizmati rahbarlarini OAVlar bilan samarali hamkorlikni yolga qoymaganlikda ayblagan. Yigilishda tuman va shahar hokimliklari hamda tashkilot rahbarlarining matbuot kotiblari axborot siyosati masalalari boyicha maslahatchilari faoliyati ham tanqid ostiga olindi. Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, Guzor va Qarshi tuman hokimlarining matbuot kotiblari hududda sohalar boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda OAVlar bilan samarali hamkorlikni yolga qoymagan, deyiladi axborot xizmati xabarida.Takidlanishicha, Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan otkaziladigan tadbir va loyihalar hokimlik va tashkilotlarning matbuot kotiblari tomonidan alo darajada yoritilmagan yoki masullar tomonidan tadbirlar tashkil etilmagan. Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligi xodimlari kuni sifatida belgilangan. Ammo bayramona ruhni hali ham sezmadik. Rahbarning maslahatchisi, orinbosari maqomi berilgan matbuot kotiblari har bir holatni oldindan rahbarga yetkazib turishi kerak emasmi?, deya hokim gapidan iqtibos keltirilgan viloyat hokimligi axborot xizmati.Zoir Mirzayev yigilish yakunida hokimlar va viloyat tashkiloti rahbarlariga matbuot xizmati rahbarlari faoliyatini viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan kelishgan holda organib, xulosa berish vazifasini topshirgan.Malum bolishicha, viloyatda tuman va shahar hokimliklari, mavjud boshqarma boshliqlarining orinbosarlariga tenglashtirilayotgan matbuot kotiblariga oylik ish haqi tayinlash va xizmat korsatish borasida haligacha Prezident talabi bajarilmagan. Matbuot kotiblariga orinbosar maqomi faqat tilda, amalda esa hech qanday ozgarish sezilmayapti, deydi matbuot kotiblaridan biri.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0