Bu urush. Perl-Xarbor hujumiga 78 yil boldi

Bundan 78 yil oldin 1941-yilning 7-dekabr kuni ertalab vitse-admiral Tyuiti Nagumo boshchiligidagi yapon dengiz aviatsiyasi Gavayi orollari yaqinida joylashgan AQSh dengiz va havo bazasi Perl-Xarborga dahshatli hujum uyushtirdi. Bu ikki davlat ortasidagi urushni boshlab berdi. Shu bilan birga, hujum yapon militarizmi tugashining boshlanishi boldi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov bu haqda hikoya qiladi.SababPerl-Xarborga qilingan hujum Yaponiyaga AQShning Tinch okeanidagi flotini zararsizlantirish, neft va kauchuk kabi tabiiy manbalarga boy Malayya va Gollandiya Ost-Indiyasini zabt etishni taminlash uchun kerak edi.Aslida Yaponiya va AQSh ortasida urush ehtimoli 1921-yildan beri ikki davlat tomonidan ham bor edi. Keskinlik 1931-yilda Yaponiya Manchjuriyaga bostirib kirgan paytdan kuchaya boshladi. Foto: WikipediaKeyingi on yil ichida Yaponiya Xitoyda tasirini kengaytirishni davom ettirdi. Bu 1937-yilda keng kolamli urushga olib keldi. Yaponiya Xitoyni izolyatsiya qilish va materikda galaba qozonish uchun yetarli resurs mustaqilligiga erishish uchun kop kuch sarfladi; janubdagi bosqinlar esa bunga yordam berishi kerak edi.Hujumdan oldingi vaziyat1941-yil ortalarida AQSh prezidenti Ruzvelt Buyuk Britaniya bosh vaziri Cherchillga shunday yozgan edi:Urushni elon qilmasdan boshlayman. Chunki Kongressdan urush elon qilishni sorasam, bu boradagi tortishuvlar uch oyga chozilishi mumkin.Oktabr oyi boshida, kutilmagan hujumdan ikki oy oldin, sovet razvedkasi xodimi Rixard Zorge Moskvaga Perl-Xarborga 60 kun ichida hujum qilinishi togrisida xabar bergan edi; bu malumotni, Amerika manbalariga kora, Kreml Vashingtonga yetkazgandi.6-dekabr kuni kechqurun Vashington 26-noyabrdagi AQSh ultimatumiga javoban yozilgan yapon notasini oldi. Bu uzun hujjat urush elon qilinishi haqida gapirmasa ham, uning manosi va yetkazib berilishi kerak bolgan aniq vaqti (7-dekabr kuni soat 13:00 da) hamma narsani oydinlashtirib turgan edi. Ammo Tinch okeani floti joylashgan Gavayiga hech qanday ogohlantirish berilmadi. 6-dekabr soat 9:30 da (Vashington vaqti bilan) Ruzveltga yapon notasi topshirildi. Uni oqib chiqqan prezident Bu urush, degan edi.1941-yil 7-dekabrdagi asosiy voqealar Fordorolida roy berdi. Orolda AQSh harbiy-havo kuchlari aerodromi, uning atrofida esa kemalar toxtash joyi bor edi.Yaponiya hujumi arafasida orolda AQSh Tinch okeani flotining toqqizta jangovar kemasidan yettitasi yigilgan edi.Hujumdan 50 daqiqa oldin Yaponiya imperiyasi samolyotlarini orolning shimolida joylashgan SCR-270 radari payqagan, lekin amerikaliklar bu samolyotlarni oziga tegishli deb hisoblab, signal bermagan edi.Hujum1941-yil 26-noyabrda vitse-admiral Tyuiti Nagumo qomondonligi ostidagi Yaponiya imperiyasi floti flot qomondoni Isoroku Yamamoto buyrugiga binoan Iturup oroli (Kuril orollari), Xitokappu korfazidagi bazani tark etdi va Perl-Xarborga yol oldi. Yapon flotilyasi oltita samolyot tashuvchi Akagi, Kaga, Xiru, Soryu, Syokaku va Dzuykaku lardan iborat edi. Ularda 414 ta, shu jumladan qiruvchi, torpeda tashuvchi, shonguvchi bombardimonchi samolyotlar bor edi. Foto: WikipediaSamolyot tashuvchi eskort ikkita jangovar kema, ikkita ogir va bitta yengil kreyser hamda toqqizta eskadrilya mina tashuvchisidan iborat edi. Oaxuga qarshi operatsiyada oltita suv osti kemasi ham qatnashdi. Hujum joyiga mitti suv osti kemalari olib kelindi; keyinchalik ular yordamida Gavayi orollari patrul qilindi.7 dekabr kuni ertalab yapon aviatsiyasi Oaxudagi aerodromlarga va Perl-Xarbor bandargohiga ornatilgan kemalarga hujum qildi. Hujum uchun eng qulay vaqt yakshanba tanlandi. Bazi jamoalar va qirgoq mudofaa batareyalari xodimlari dam olishda edi. 32 ta qirgoq mudofaasi batareyasidan atigi sakkiztasi hujum qilganlarga qarata ot ochdi, shunda ham ulardan torttasi tezda bostirildi.Natija va oqibatHujum natijasida tortta jangovar katta kema, ikkita esminets va bitta minadan himoya qiluvchi tosiq choktirildi. Yana tortta kema, uchta yengil kreyser va bitta esminets zarar kordi. Amerika aviatsiyasi 188 ta samolyot yoqotdi, 159 ta samolyot jiddiy zarar kordi. 2 403 nafar askar halok boldi (ulardan 1 102 nafari Arizona kemasi bortida bomba portlashi oqibatida oldi); 1108 kishi yaralandi.Yaponlar 29 ta samolyot yoqotdi, yana 74 tasi zarar kordi. Beshta kichik suv osti kemasi turli sabablarga kora yoqoldi. 64 ta yapon askari halok boldi (55 uchuvchi va toqqiz nafar suv osti kemasi askari). Leytenant Kadzuo Sakamaki asirga olindi. U juda kichik suv osti kemasida marjonqoyaga urilgach, qirgoqqa chiqib qolgan edi. Olgan toqqiz nafar yapon suv osti kemasi askari milliy qahramon deb elon qilindi. Foto: WikipediaYuqorida aytib otilganiday, Perl-Xarborga uyushtirilgan hujumdan maqsad AQShning Tinch okeani flotini zararsizlantirish va Yaponiya armiyasining Janubi-Sharqiy Osiyodagi harbiy-dengiz kuchlariga harakat qilish erkinligini taminlashdan iborat edi. Bu maqsadga erishilmadi, chunki Tinch okean floti kemalarining zamonaviy turlariga zarar etmadi. Birinchi Jahon urushi davridan qolgan, Perl-Xarborda ornatilgan sakkizta harbiy kemadan Arizona va Oklaxoma batamom yoqoldi. Pensilvaniya va Merilend oz miqdorda zarar kordi va oy oxirida xizmatga qaytdi. Tennessi va Nevada jiddiy zarar korib, 1942-yil fevral va oktabr oylariga qadar tamirlandi. Kaliforniya va Garbiy Virjiniya faqat 1944-yilga kelibgina tiklandi.Shu kuni AQSh Yaponiyaga qarshi urush elon qildi va Ikkinchi Jahon urushiga kirdi. Bu hujum tufayli, ayniqsa u kutilmaganda sodir bolgani sababli Amerikada jamoatchilik fikri 1930-yillar ortalaridagi izolyatsionistik pozitsiyadan togridan togri harbiy harakatlarda ishtirok etish pozitsiyasiga keskin almashdi.1941-yil 8-dekabrda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Kongressning har ikki palatasi qoshma yigilishida nutq sozladi. Prezident Tarixga sharmandalik ramzi sifatida kiradigan kun 7-dekabrdan boshlab Yaponiyaga qarshi urush ochishni talab qildi. Kongress tegishli rezolyutsiyani qabul qildi.Shunday qilib, Tinch okeani urush teatri oz premyerasini otkazib oldi. Oldinda har ikki davlatni atom bombasi ishtirokidagi dahshatli urush kutar edi. Lekin bu alohida mavzu.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0