Toshkentdagi Fransiya madaniyat markazining asosiy vazifalari belgilandi

“Madaniyat vazirligi huzuridagi Fransiya madaniyat markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bermoqda. Foto: “Xalq so‘zi”Qaror bilan Fransiya madaniyat markazining asosiy vazifalari belgilandi.Fransiya Respublikasi bilan madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanishiga ko‘maklashish, fransuz tilini, Fransiya madaniyati va tarixini o‘rganishga ko‘maklashish shular jumlasidandir.Qarorga ko‘ra, markaz direktori madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.Shuningdek, qaror bilan markazning ustavi tasdiqlandi.Unga ko‘ra, markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun bir qator funksiyalarni amalga oshiradi. Jumladan, markaz negizida ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlari, kurslar va mahorat darslarini tashkil etadi, ikki mamlakat mutaxassislari uchun stajirovkalar tashkil etadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0