Toshkentda kochmas mulkini sotgan fuqaroning 100 ming dollardan ortiq pulini bosqinchilar olib qochdi

Toshkentda 33 yoshli X.J.ning 100 ming dollar va 200 million somi bosqinchilar tomonidan olib qochildi. Bu haqda Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamentiMalum qilinishicha, 2019-yilning 28-noyabr kuni 38 yoshli Q.X. tanishlari 25 yoshli I.D. va 33 yoshli S.M. hamda Sh.S. bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular fuqaro 33 yoshli X.J.ning kochmas mulkini sotganligi va yonida katta miqdordagi pullari borligini bilgan holda, shu kuni taxminan soat 19:10 da yuzlariga qora niqob kiygan holda Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavzedagi kop qavatli uyning kirish yolagida X.J.ga hujum qilgan.Jinoiy guruh azolari qollarida bolgan 2 dona rezina bolga bilan X.J.ning bosh va yuz qismlariga urgan. Bosqinchilar X.J.ning qolidagi qora rangli polietilen paketda oralgan 104 700 dollar va qogoz quti ichidagi 200 million som naqd pullarini qolga kiritib, Lacetti rusumli avtomashinada hodisa joyidan yashiringan.Hodisa joyini kozdan kechirish jarayonida bir nechta barmoq izlari va 2 dona rezina bolga ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, gumon qilinuvchilarning barchasi ushlanib, uylarida otkazilgan tintuv jarayonida S.M.ning uyidan 5 000 dollar va 8500 000 som pul mablaglari hamda Sh.S.dan Lacetti avtomashinasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 28-noyabr kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bolinmasi tomonidan I.D., S.M., Sh.S. va Q.X.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi a bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qozgatilgan.Hozirda mazkur jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0