Kosonda oquvchi qiz bosimlarga chidolmay oz joniga qasd qilgani haqidagi xabar rad etildi

Telegramdagi @Bugunuz Rasmiy kanal kanalida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida oquvchi qiz bosimlarga chidolmay oz joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan. Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan malumot berdi.Xabar berilishicha, Koson tumani 6-umumiy orta talim maktab oquvchisi N.B. 4-dekabr, chorshanba kuni ona tili fani dars vaqtida oshqozoni ogriyotgani haqida oqituvchisi T.Sh.ga aytgan. Shundan song maktab hamshirasi D.T. oquvchi N.B.ni korikdan otkazgan va undan nima holat bolgani haqida soragan. N.B. onasi istemol qilib yuradigan doridan ichganligini bildirgan.Shundan song maktab mamuriyati tomonidan Koson tumani tez-tibbiy yordam bolimi shifokorlari chaqirilgan. Tez-tibbiy yordam shifokori B.A. oquvchi N.B.ni kozdan kechirib, unda zaharlanish alomatlari yoqligini bildirgan.Koson tumani tibbiyot birlashmasining bergan malumotiga kora, N.B. Koson tuman tez-tibbiy qabul bolimida korikdan otkazilgan vaqtda uning hushi ozidaligi, berilgan savollarga aniq javob berishi, bemor korik vaqtida tibbiy yordamga muhtoj emasligi qayd etilib, unga kuzatuv va ambulator sharoitda davolanish maslahati berilgan.Mazkur holat yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan N.B.ning oz joniga suiqasd qilmoqchi bolgani holati boyicha tergovga qadar surishtiruv ishlari otkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0