Toshkentda 9-dekabr kuni MGIMO filiali binosi ochiladi

Toshkentda 9-dekabr, dushanba kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O‘zbekistondagi filiali binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda institut tomonidan ma’lum qilindi. Foto: “Sof.uz”Xabar berilishicha, MGIMO joriy yilning sentabr oyidan institut filialida “Biznes-axborot” hamda “Yurisprudensiya” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish boshlagan. O‘qish jarayoni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida olib borilmoqda.Institut tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati ko‘magi bilan Toshkentda qisqa muddatda institut filialining binosi qurib bitkazilgan.Mavzuga doir: MGIMOning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0