Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston qishloq xojaligi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat qishloq xojaligi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan elon qilindi. Quyida tabrikning toliq matnini taqdim etamiz. Foto: Foto: Prezident matbuot xizmatiEslatib otamiz, Ozbekiston Respublikasi qishloq xojaligi xodimlari kunini belgilash togrisidagi qonunga asosan, Ozbekistonda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xojaligi xodimlari kuni sifatida bayram qilinadi.Qadrli vatandoshlar!Muhtaram dehqon va fermerlar!Avvalo, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni qutlug ayyom Qishloq xojaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.Hammamizga yaxshi ayonki, qishloq xojaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hech qachon oz orni va ahamiyatini yoqotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biridir.Ana shunday muhim sohaning zalvorli yukini oz yelkasida kotarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oz ishining haqiqiy ustasi bolgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir, desak, ayni haqiqat boladi.Chindan ham, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har erta bahorda yerga urug qadab, rizq yolini ochadigan, xonadonlarimizdagi tokinlik va fayzu baraka sababchisi bolgan sizdek fidoyi insonlarga har qancha tasannolar aytsak arziydi.Ushbu bayram munosabati bilan sizlarni qutlar ekanmiz, bu yilgi mashaqqatli mehnatingiz, erishilgan natijalar va oldimizda turgan rejalar haqida atroflicha toxtalishimiz tabiiydir.Avvalo sayyoramizdagi global iqlim ozgarishlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qishloq xojaligida har yili ilgari korilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bolayotganini qayd etish lozim.Lekin, kopni korgan, doimo yer bilan tillashib, dardlashib yashaydigan dehqon va fermerlarimiz ana shunday murakkab sharoitda ham omilkorlik bilan, boy bilim va tajribasi, ilm-fan yutuqlarini ishga solib, mol hosil yetishtirishga muvaffaq bolmoqdalar.Joriy yilda sizlarning peshona teringiz bilan 7 million 130 ming tonna galla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna gosht va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1 milliard dona tuxum olingani bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masala bolib borayotgani sir emas.Shuning uchun ham biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xojaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga alohida etibor bermoqdamiz.Bu haqda soz yuritganda, keyingi tort yilda hosildorligi past bolgan 300 ming gektar paxta va galla maydonlari orniga meva-sabzavot va ozuqa ekinlarini yetishtirish yolga qoyilib, jumladan, 32 ming gektar yerda intensiv boglar, 15 ming gektarda tokzorlar, 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar barpo etilgani, 114 ming gektarda sabzavot va kartoshka, 72 ming gektarda dukkakli va moyli ekinlar, 52 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirilayotganini takidlash lozim.Bugungi kunda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xojaligi subyektlari ortasidagi ozaro munosabatlarda bozor tamoyillarini, fan va texnikaning ilgor yutuqlarini jadal joriy etish, ekologik toza va eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini kopaytirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlarimiz sizlarga yaxshi malum, albatta.Natijada bu yil qishloq xojaligi mahsulotlaridan jami 217 trillion 700 milliard som yoki otgan yilga nisbatan 12 foiz kop foyda olindi.Yerni haqiqiy egasiga berish, ayniqsa, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni sotishgacha bolgan agrobiznesning yaxlit zanjirini oz ichiga qamrab olgan klaster modelini va kooperatsiya tizimini toliq yaratishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.Joriy mavsumda paxta hosilining 73 foizi paxta-toqimachilik klasterlari hissasiga togri kelgani, xususan, Qoraqalpogiston Respublikasi, Fargona, Andijon, Xorazm, Namangan, Toshkent, Buxoro viloyatlarida erishilgan yuksak marralar bu tizimning qanchalik samarali ekanini amalda isbotlamoqda.Shuningdek, Yozyovon, Qoshtepa, Rishton, Toshloq, Jalaquduq, Qorgontepa, Paxtaobod, Amudaryo, Beruniy, Ellikqala, Xiva, Xonqa, Yangibozor, Mingbuloq, Pop, Chust, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqorgon, Qorakol, Olot, Vobkent, Dostlik, Narpay kabi onlab tumanlarda ushbu tizim asosida paxtadan mol hosil yetishtirildi.Shularning barchasini hisobga olib, biz keyingi yildan boshlab paxta yetishtirishni toliq 100 foiz klaster usuliga otkazishga qaror qildik. Shu bilan birga, gallachilik, meva-sabzavotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz.Birinchi marta boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishni ragbatlantirish tizimi joriy etilgani ozining ulkan ijobiy samarasini berdi. Andijon, Fargona, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida hosildorlik gektariga 65-67 sentnerga yetgani ana shunday yangicha yondashuvning mahsuli boldi.Eng muhimi, 3 million 800 ming tonna galla dehqon va fermerlar ixtiyorida qoldirilgani ushbu mavsumning asosiy natijasi, desak, togri boladi.Conggi yillarda meva-sabzavotchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar ham oz natijasini bermoqda. Bu yil 1,3 milliard AQSH dollari qiymatidagi 1,5 million tonna meva-sabzavot eksport qilingani, hech shubhasiz, tarmoq rivojida salmoqli orin tutadi.Dehqon va fermerlarimizni yillar davomida oylantirib kelayotgan masala bu yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini nobud va isrof bolishiga yol qoymasdan, sifatli qayta ishlab, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish bilan bogliq.Joriy yilda bu masalaga alohida etibor qaratilib, 1 trillion 37 milliard som investitsiya mablaglari jalb etildi. Buning hisobiga 254 ming tonna quvvatga ega bolgan 180 ta meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va logistika markazlari barpo etildi. Bu orqali 54 ming qoshimcha ish orni yaratildi.Hozirgi vaqtda yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlarining 3,5 million tonnasi qayta ishlanib, 350 million dollarlik tayyor mahsulot chetga sotilmoqda.Biz kelgusi yilda meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini 2,5 milliard dollarga, yaqin uch yilda esa 5 milliard dollarga yetkazishni oz oldimizga maqsad qilib qoyganmiz. Buning uchun Ispaniya, Niderlandiya, Polsha, Gretsiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Vyetnam, Indoneziya kabi davlatlarning eng ilgor tajribalari keng qollanilmoqda.Qimmatbaho xomashyo bolgan ipak yetishtirishning yangicha tizimi yolga qoyilishi natijasida bu yil birinchi marta pilladan yiliga tort marta hosil olishga erishdik.Endigi vazifa bu muvaffaqiyatli tajribani keng qollashdan iborat.Keyingi yillarda chorvachilikni isloh qilish, jumladan, sohaning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish borasida bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu tariqa respublika, viloyat, tuman va fermer xojaliklari boyicha chorvachilik sohasida vertikal boshqaruv tizimi yaratildi.Respublikamizda sut va gosht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mingdan ziyod yirik chorvachilik komplekslari ishga tushirildi. Yakunlanayotgan yilda esa bu yonalishda 1,2 trillion somlik 600 ta loyiha amalga oshirildi. Chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay bolgan Ohangaron, Taxtakopir, Qongirot, Bozatov, Moynoq tumanlari shu sohaga ixtisoslashtirildi va klaster usulida rivojlanishi yolga qoyildi.Oxirgi 20 yilda etibordan ancha chetda qolib ketgan baliqchilik tarmogiga alohida etibor qaratishimiz natijasida bu yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar suniy kollarda 200 ming tonna baliq yetishtirildi.Yana bir ustuvor yonalish asalarichilikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan Ozbekiston asalarichilar uyushmasiga 14 mingdan ortiq tadbirkor azo bolib kirdi va joriy yilda 19 ming tonna asal yetishtirildi.Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining barcha xarajatlari toliq davlat byudjeti hisobidan qoplanayotgani dehqon va fermerlarimiz uchun katta madad bolib, ekinlardan mol hosil olish imkonini bermoqda.Ekin maydonlarini suv bilan kafolatli taminlash maqsadida bu yil davlat byudjetidan 1 trillion 328 milliard som yoki 2018-yilga nisbatan 1,8 marta, sugoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun esa 645 milliard som yoki 1,2 barobar kop mablag ajratildi. Bundan tashqari, yil oxirigacha xalqaro moliya institutlarining 126,8 million dollar yoki 2018-yilga nisbatan qariyb 3 barobardan ziyod kreditlari ozlashtiriladi.Jonajon Ozbekistonimizni taraqqiyotning yangi bosqichiga kotarish vazifasi va jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borayotgani agrar sohani tubdan isloh qilishni, unga bozor mexanizmlari, ayniqsa, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni, investitsiyalarni keng jalb qilishni taqozo etmoqda.Shundan kelib chiqib, bu yil qishloq xojaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish Konsepsiyasi va sohani kelgusi 10 yillikda rivojlantirish boyicha Strategiyani qabul qildik.Qolga kiritilgan yutuqlar haqida gapirganda, siz, mirishkor fermer va dehqonlar, soha xodimlarining sidqidil va fidokorona mehnatingizni, butun umrini qishloq xojaligi rivojiga bagishlagan minglab aziz vatandoshlarimizning nomlarini faxr ila tilga olamiz.Shu orinda 11 mingdan ziyod fermer xojaligi 30 yoshgacha bolgan yoshlar tomonidan boshqarilayotgani, 5 600 ta fermer xojaliklariga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilayotganini takidlashni istardim. Bu bizning qishloq xojaligi sohasidagi ulkan boyligimiz, oltin fondimiz, desak, hech qanday xato bolmaydi.Kelgusida sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan kompleks dasturlarni tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qollagan holda mahsulot yetishtirish turlari va eksport hajmlari ortishini taminlash ustuvor maqsadlarimiz bolib qolaveradi.Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, sohani zarur texnikalar bilan taminlash va ularga texnik xizmat korsatish ishlarini yaxshilash, ilgor bilim va konikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga etiborni yanada kuchaytiramiz.Mavsum oxirlab, yil yakunlari sarhisob qilinayotgan mana shu ayyomda sizlarga, barcha qishloq ahliga olijanob mehnatingiz uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.Hayot sinovlarida toblangan, mard va matonatli fermerlarimiz, barcha qishloq xojalik xodimlari bundan buyon ham xalqimiz farovonligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taminlashdek goyat masuliyatli vazifani ado etishda butun kuch-gayrat va imkoniyatlarini safarbar etadilar, deb ishonaman.Muhtaram dehqon va fermerlar!Qishloq xojaligi sohasida halol va fidokorona mehnat qilayotgan aziz va qadrli yurtdoshlar!Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli va fayzli bayram bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, masuliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga qut-baraka va xotirjamlik hamisha yor bolishini tilayman.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0