2018-yilda dunyoda 140 ming kishi qizamiqdan vafot etdi

Butun dunyoda 2018-yilda qizamiqdan 140 ming kishi vafot etdi, 10 million kishi mazkur kasallikka chalindi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib, Meduza xabar berdi.Ma’lum bo‘lishicha, kasallikdan vafot etganlarning asosiy qismini hali bu kasallikka qarshi emlanmagan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qilgan.Tashkilotning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilning noyabr oyida qizamiq bilan og‘rish holatlari 2018-yilning noyabr oyiga nisbatan uch barobar ortiq. AQShda kasallik bilan og‘rish bo‘yicha so‘nggi 25 yildagi eng yuqori natija qayd etilgan.JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda qizamiq bilan og‘rish holatlarning yarmi Ukraina, Liberiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Madagaskar va Somali hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0