APL. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Angliya Premyer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi. Foto: Twitter/@premierleagueEng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga yettita futbolchi da’vogar bo‘lib turibdi. Mazkur ro‘yxatda “Tottenhem” va “Lester”dan ikkitadan futbolchi bor.Dele Alli (“Tottenhem”) — 4 ta o‘yinda 3 gol va 1 samarali uzatmaRaul Ximenes (“Vulverhempton”) — 3 ta o‘yinda 3 golSadio Mane (“Liverpul”) — 4 ta o‘yinda 3 gol va 1 smarali uzatmaLi Musse (“Sheffild Yunayted”) — 3 o‘yinda 1 gol va 3 samarali uzatmaSon Hyon Min (“Tottenhem”) — 4 o‘yinda 2 gol va 4 smarali uzatmaChaglar So‘yunchu (“Lester”) — 3 o‘yinda 1 gol va 3 quruq o‘yinJeymi Vardi (“Lester”) — 3 o‘yinda 3 gol va 2 samarali uzatmaEng yaxshi murabbiy nomi uchun esa to‘rtta mutaxassis kurash olib boradi. Foto: Twitter/@premierleagueNoyabr oyida g‘alabali seriya qayd etgan Yurgen Klopp va Brendan Rojers qatoridan “Sheffild Yunayted” ustozi Kris Uaylder ham o‘rin oldi. Uaylder shogirdlari 3 o‘yinda bir g‘alaba qayd etdi. Shuningdek, uning jamoasi “Tottenhem” (1:1) va “Manchester Yunayted”ga (3:3) qarshi o‘yinlarda duranga erishdi.Yurgen Klopp (“Liverpul”) — 4 o‘yin, 4 g‘alabaBrendan Rojers (“Lester”) — 3 o‘yin, 3 g‘alabaNunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durangKris Uaylder (“Sheffild Yunayted”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz