Rossiya kompaniyasi 10 yil davomida Andijondagi uchta kondan qazib olingan neftning yarmini olib ketadi

Andijanpetro OzbekistonRossiya qoshma korxonasi 10 yil Andijon viloyatida neft qazib chiqarish bilan shugullanadi. Bu haqda 5-dekabr, payshanba kuni Andijanpetro qoshma korxonasi operatorlarining ish boshlashiga bagishlangan tadbirda Energetika vazirligi boshqarma boshligi Behzod Normatov aytib otdi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri. Foto: Energetika vazirligiAndijanpetro qoshma korxonasi Ozbekneftgaz va Rossiyaning Zarubejneft kompaniyasi tomonidan 2019-yil martida tashkil etilgan. Ozbekiston Energetika vazirligi Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshligi Behzod Normatovning Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga malum qilishicha, korxona Andijondagi uchta konda qazish ishlarini olib boradi.Rossiyaning Zarubejneft kompaniyasi birinchilardan bolib Ozbekiston neft konlariga qiziqish bildirgan. Janubiy Olamushuk, Xartum va Sharqiy Xartum konlarini rossiyalik hamkorlarimizga berib, neft qazib chiqarishni oshirishni maqsad qilganmiz, deydi Normatov.Uning sozlariga kora, Rossiya kompaniyasi loyihaga 13,6 million dollar miqdorida investitsiya kiritmoqda. Ushbu loyiha boyicha hech qanday tender otkazilmagan. Chunki muzokaralar 1,5 yil avval boshlagan, u vaqtda tender otkazish togrisidagi tartib yoq edi, dedi vazirlik vakili.10 yilga moljallangan loyiha doirasida investor konlarda yangi texnologiyalarni tatbiq etadi. Bu vaqt ichida qoshma korxona konga ishlov berilmagan vaqtda olinadigan 84 ming tonna neftni 300 ming tonnaga, yani qoshimcha 216 ming tonnaga oshirishni rejalashtirgan.On yil davomida ortigi bilan qazib olinadigan neftning yarmi Zarubejneft kompaniyasi tomonidan olib chiqib ketiladi, deb aytgan Behzod Normatov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0