Sherzod Shermatov va Ravshan Ermatov bolalar futbolini rivojlantirish boyicha hamkorlik qiladi

6-dekabr, juma kuni xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov Ozbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovni qabul qildi. Foto: XTV matbuot xizmatiXTV matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv davomida ular ikki tashkilot ortasidagi bolalar futbolini rivojlantirish hamda ommalashtirish boyicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.Xususan, tomonlar maktab oquvchilari ortasida muntazam ravishda futbol musobaqalarini otkazishni rejalashtirib oldi. Ravshan Ermatovning takidlashicha, ushbu turnirlarga yangi istedodlarni izlayotgan seleksionerlar tashrif buyuradi. Iqtidorli bolalar ixtisoslashtirilgan futbol maktablariga yuboriladi.Sherzod Shermatov vazirlik ushbu yonalishda OFA bilan hamkorlik qilishga tayyorligini takidladi. Shuningdek, iqtidorli yoshlarning adolatli tanlanishini taminlash zarurligi va bu Ozbekistonda futbol rivojiga xizmat qilishini aytib otgan.Qayd etilishicha, keyingi haftadan boshlab, OFA Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda Ozbekiston mintaqalarida futbol festivallari otkazishni boshlaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0