Robert Mugabe va Zimbabve xalqi taqdiri

Afrikadagi eng yoshi ulug diktatorlardan biri Robert Mugabe hokimiyatdan ketganiga qariyb bir yil boldi. Shu davr oraligida Zimbabveda qanday ozgarishlar sodir boldi? Robert Mugabe zimbabveliklar uchun kim edi? Bu savollarga Daryo kolumnisti Jahongir Ergashev javob beradi.Zimbabve iqtisodiyoti turgunlikni boshidan kechirayotgandi. Diktator Mugabening vafotini kutayotgan muxolifat bu safar Qora dohiy hokimiyatdan ketadi va mangulik salatanatiga yol oladi deya umid qilayotgandi. Ammo yoshi bir joyga borib qolgan dohiy, muxoliflari baxtiga qarshi, davlat tizgini hamon uning qolida ekanini isbotlash maqsadida Zimbabvening siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotiga daxl qiluvchi pishanglarni yuritayotganini korsatib qoydi.Robert Gabriel Mugabe: hokimiyat sari yolRobert Gabriel Mugabe 1924-yil 21-fevral sanasida Solsberi ayni paytdagi Xarare shahrida yaqinidagi Kutane qishlogida dehqon oilasida dunyoga keldi. Osha kezlarda Zimbabve Janubiy Rodeziya deb yuritilardi. U Buyuk Britaniya hukmronligi ostida edi. Foto: Google PhotosOrta maktabni tamomlagach, boshlangich sinflarga muallimlik qila boshladi. Janubiy Afrikadagi Fort Xer universitetida tahsil oldi. Keyinchalik London universitetiga oqishga kirdi va iqtisodiyot yonalishida bakalavr dimplomini qolga kiritdi.Faoliyatini oqituvchilikdan boshlagan Mugabe sekin-astalik bilan, ammo izchil ravishda hokimiyat vakillari ortasida nazarga tushib bordi.1963-yilda Zimbabve Afrika xalqlari ittifoqi tashkilotining bosh kotibi lavozimiga saylanadi. Janubiy Rodeziyadagi urushlar davomida ittifoq raisi Ndabaningi Sitoleni rahbarlik lavozimidan chetlashtirdi va tashkilot rahnamosiga aylanadi.1980-yilda Mugabe mamlakat rahbarligiga otkazilgan saylovda golib boldi va 1980-yil 18-aprel sanasida mustaqil Zimbabve davlatining bosh vaziri etib saylandi.1987-yilda Mugabe bosh vazirlik lavozimiga barham berdi va ozinini Zimbabve prezidenti deb elon qildi.Tashqi va ichki siyosatMugabe kommustik mafkura asosiga qurilgan davlatlar bilan hamkorlik qildi. Shimoliy Koreya, Xitoy bilan yaqin aloqalar boglashga urindi.Xavfsizlik tizimini kuchaytirish maqsadida Shimoliy Koreya rahbari Kim Sen Ir bilan kelishuv imzoladi. Shimoliy Koreya xavfsizlik xizmati xodimlarini dostona Zimbabve maxsus xizmatlari xodimlari malakasini oshirishga yubordi.Ichki siyosatda Mugabe qora tanlilar ustunligi siyosatini qollab-quvvatladi. Shu siyosati uchun Afrika qitasi rahbarlari orasida hurmat-etiborga sazovor boldi. Foto: Google PhotosHokimiyat tepasida qolar ekan, avval muxolifat qarshiligini bostirdi. 1990-yillardan boshlab Willing seller, willing buyer dasturini yurita boshladi. Bu siyosatning asosiy maqsadi Zimbabvedagi oq tanIi mulkdorlar yerini belgilangan qiymatda oz istagiga kora qora tanli mulkdorlarga sotishiga kondirish edi. Bu siyosat ostida qora irq vakillari Zimbabveda yuqori mavqega ega ekanini korsatib qoymoqchi boldi. Bu siyosat natijasida Buyuk Britaniya va Mugabe hukumati orasiga sovuqlik tushdi. Minglab oq tanli yer egalari Zimbabvedan qochib keta boshladi.Mamlakat iqtisodiyotida tushkunlik holati boshlandi. Giperinflyatsiya oqibatida dori-darmon savdosi toxtab qoldi, shifoxonlar ishlamay qoldi, ishsizlik keskin osa boshladi. Markaziy bank mahalliy dollar qiymatini pastlatdi. Bu esa qishloq xojaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini 70 foizga pastlatdi. Yerning uchdan ikki qismi egasiz qolgani mulkdorlarning yangi vakillari yerga qanday ishlov berish kerakligini bilmasligini korsatib qoydi. Mamlakat iqtisodiyoti bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Mugabe bu qiyinchiliklarga goyoki neoimperalistlar boshida turgan Buyuk Britaniyani ayblashdan boshqa javob topib bera olmadi.Amaldagi hokimiyatdan-da mudhishroq muxolifatZimbabveda Mugabe hokimiyatiga qarshi tura oladigan yagona muxolif partiya sifatida Demokratik islohotlar harakati etirof etilgan, Garb esa uni ozgarish yasay oladigan yagona partiya deya atayotgan edi. Ammo Morgan Svangiraining Demokratik islohotlar harakati zimbabveliklarning umid-istaklarini amalga oshira olmasligi oshkor bolib qoldi.2008-yilgi saylovning birinchi turida Svangirai Mugabeni ovozlar boyicha ortda qoldirdi. Lekin tez orada Svangirai tarafdorlari taqibga olinishi oqibatida Svangirai saylovning ikkinchi turida qatnashishdan bosh tortdi. Mugabe 85,5 foiz ovoz evaziga yana hokimiyatda qoladigan boldi.Janubiy Afrika Respublikasining mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozning oldini olish borasidagi yordami bilan Mugabe va Svangirai kelishuvga erishdi. Demokratik islohotlar tarafdori yetakchisi Zimbabve bosh vazirligi maqomini qolga kiritdi.Svangirai bosh vazirlikda qolar ekan, ikkiyuzlamachi siyosatni dastak qildi. Mugabeni qanoatlantirish maqsadida uning yakkahokimligini kuchaytirishga xizmat qilish bilan bir vaqtda muxolif partiya yetakchisi sifatida vakolati bergan huquqlarini Garbga sota boshladi. Bu ikkiyuzlamachilikning eng oliy darajadagi ifodasi edi. Svangirai yuksak goyalar bilan vazxonlik qilsa-da, vakolatidan foydalanib davlat mansablariga nomzodlardan tovlamachilik yoli bilan pul olardi. Bu harakati bilan u Mugabedan qolishmasligini isbotlab qoydi. Xalq esa norozi edi.2017-yili zimbabveliklar muxolifat kirdikorlaridan xabardor bolgach, Svangirai saylovda qatnashmasligi bilan Mugabe galaba qozonishiga hissa qoshdi.Lakost guruhi G-40 harakatiga qarshiMugabe 93 yoshni qarshiladi. U prostata saratonidan aziyat chekar, biroq fikrlash aniqligini unutmagan edi. U tez-tez Singapurga borib, muolaja olib qaytardi. Ogir dardga chalingani aniq bolgan vaziyatda hokimiyat kimga otishi Zimbabve siyosiy doiralari uchun eng ogriqli va dolzarb mavzu bolib qoldi.Shu vaziyatda Greys Mugabe rahnamoligi ostidagi G-40 harakati siyosiy maslaklarini ilgari sura boshladi. G-40 Zimbabveda 40 yoshga tolgan avlod vakillari uyushmasi. Greys Mugabening bu maqsadini 40 yosh atrofidagi davlat ishchilari qollab-quvvatlay boshladi. Robert va Greys Mugabe.Foto: Google PhotosBoshqa tarafdan Lakost nomini olgan Emerson Mnangagva rahbarligi ostidagi guruh birinchi xonimga raqobatchi boldi. Mnangagva Janubiy Rodeziyadagi partizanlik urushi faxriysi sifatida yetarli nufuzga ega edi.Ikki tomon harakatlarini kuzatayotgan, eng qudratli kuch bolmish armiya esa betaraflik saqlab turardi. Lekin betaraflik uzoq davom etmadi.Bosh shtab rahbari Konstantin Chivenga milliy ozodlik harakatida ishtirok etmagan nomzodni qollab-quvvatlamasligi haqida bayonot berdi. Bu mamlakatda yanada ikkilanish va xavotir hissini kuchaytirdi. Mugabe esa qiyin vaziyatda bolib tashla va hukmronlik qil siyosatini amalga oshira boshladi.Konstantin Mnangagva zimbabveliklarning orzularini amalga oshira oladimi?2017-yilning 19-noyabrida qurolli kuchlar qomondonligi Mugabe istefo berishini talab qildi. Boshlanib ketgan norozilik namoyishlarini qomondonlik qollab-quvvatladi. Ammo Mugabe hokimiyatdan voz kechishni istamayotgan edi.Norozilik namoyishlari avjiga chiqayotganiga guvoh bolgan prezident axiyri parlamentga istefo bergani haqida maktub yollaydi. Parlament 24-noyabr kuni Emerson Manangagvani qasamyodga keltirdi.Mnangagva Zimbabve xalqi uchun yangi davr boshlanganini elon qildi. Islohotlar amalga oshirilishi borasida vadalar berdi. Ammo bu vadalar yolgon edi. 2018-yilgi saylovda demokratik tamoyillarga rioya etilmadi. Yangi rahbar eski hokimiyat udumlaridan foydalana boshladi.Yoqilgi bohroni oqibatida minglab odamlar Xarare kochalariga namoyishga chiqdi. Qurolli kuchlar namoyishni kuch ishlatib bostirdi. Namoyishning koplab qatnashchilarini qamoqqa oldi, oldirdi.Zimbabveliklar demokratik jamiyat qurish uchun Mugabeni hokimiyatdan chetlatgani samara bermadi. Iqtisodiyot izdan chiqdi. Xalqaro valyuta jamgarma hisob-kitoblariga qaraganda, inflyatsiya darajasi 300 foizni tashkil etmoqda.Qurgoqchilik natijasida ochlik hukm surmoqda. BMTning Oziq-ovqat dasturi bolimi ekspertlari taxminlariga kora, 2020-yilga borib zimbabveliklarning 6 millionga yaqini mamlakat aholisining uchdan bir qismi ochlikdan aziyat chekadi.Sogliqni saqlash va xalq talimi tizimlari ham izdan chiqdi. Shifokorlar giperinflyatsiya oqibatida zorga kun kechirmoqda. Koplari ishdan ketishga majbur bolmoqda. Oqituvchilar esa kasaba uyushmalari ittifoqi talabi bilan haftasiga ikki kun ishlash tizimiga otib ketdi. Foto: Google PhotosIdai sikloni Zimbabve va qoshni davlatlarga qurgoqchilik olib keldi. Mamlakat aholisi ichimlik suvi va oziq-ovqat yetishmasligi tufayli ochlikni boshidan kechirmoqda.Mamlakatda kleptokratik tartib ornatayotgan yangi rahbar esa xalqiga sabrli, birdamli bolishdan boshqa chora taklif eta olmayapti.Yaqin istiqbolda Zimbabve hozirgidan-da yomonroq siyosiy talotop iskanjasiga tushib qolishi hech gapmas. Boshqa sohalar qatori qurolli kuchlar xodimlariga ham kun korish uchun maosh kerak, lekin mamlakatda maosh masalasi juda qiyin. Inqiroz qurolli kuchlarni yana taraf almashtirishga majbur qilishi mumkin.Jahongir ErgashevMuallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0