Ashxobodda 2020-yil ramzi — kalamush dizayni tasdiqlandi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri meriyasi sharqiy taqvim bo‘yicha 2020-yil ramzi — kalamushning dizaynini tasdiqladi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”. Foto: “Xroniki Turkmenistana”Qayd etilishicha, hozirda poytaxt ko‘chalarida Yangi yil archalari o‘rnatila boshlagan. Biroq meriya tasdiqlagan kalamushlar hozircha archalarga osilmagan.Turkmaniston hukumati ko‘chalar va binolarni sharqiy taqvim ramzlari bilan bezatishga mas’uliyat bilan yondoshadi. Gap-so‘zlarga qaraganda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu taqvim tarafdori.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0