Gulnora Karimovaga nisbatan yana bir yangi jinoyat ishi qozgatildi

Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi AQSh, Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va Latviya kabi xorijiy davlatlar bilan G.Karimovaning jinoiy yollar orqali topgan va ushbu davlatlarning ayrimlarida jinoyat ishlari doirasida 1,3 mlrd. AQSh dollardan ortiq daromadlarini qaytarish boyicha hamkorlik olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Muqaddam xabar berilganidek, mazkur hamkorlik davomida xalqaro tuzilmalar va fuqarolardan G.Karimovaning ilgari elon qilingan hukmlarda nazarda tutilmagan yangi jinoyatlari togrisida xabarlar kelib tushdi. Ushbular yangi ochilgan holatlar boyicha yangi jinoyat ishini qozgatish uchun asos boldi.Tergov jarayonida aniqlanishicha, G.Karimova oziga yaqin shaxslardan iborat bolgan bir necha uyushgan jinoiy guruhlarni tashkil etgan holda jinoiy uyushmani boshqarib kelgan.G.Karimova va uning jinoiy sheriklari uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida sodir etgan jinoyatlar uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni otab kelishmoqda.Hozirgi kunda, tergov tomonidan G.Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda kop miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bolganligi aniqlandi.Bundan tashqari, G.Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim otkazish va qorqitish yollari orqali ularning mulklarini oziga tegishli bolgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln. AQSh dollari va 85 mlrd. somdan koproqni tashkil qildi.G.Karimovaga Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan tovlamachilik, talon-toroj qilish, Ozbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish va jinoiy uyushmani tashkil etish bilan bogliq jinoyatlarini sodir etganligi boyicha yangi ayblov elon qilindi.Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudining ajrimi bilan G.Karimovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.Jinoyat ishi tergovi jarayonida G.Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ozi va yaqin qarindoshlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda. Shuningdek, advokatlarning barcha tergov harakatlarida ishtiroki va u bilan hech qanday cheklovlarsiz holi uchrashish imkoniyati taminlangan.Hozirda jinoyat ishi boyicha tergov harakatlari yakunlangan bolib, G.Karimova jinoyat ishi hujjatlari bilan advokatlar ishtirokida tanishib chiqmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0