Toshkentda ekologiya qomitasi kesishga ruxsat bermagan chirigan daraxt Gentra ustiga quladi (foto+video)

5-dekabr kuni Toshkent shahridagi Chexov kochasida qoldirilgan Gentra ustiga daraxt qulab ketdi. Bu haqda avtomobil egasi Facebookda post qoldirgan. Foto: FacebookBugun ertalab mashinamni kocha yuzida qoldirib, 15 daqiqaga qahvaxonaga kirib chiqqunimcha koz oldimda mashinam ustiga daraxt qulab ketdi. Meni bu holatda birinchi bolib mashinam emas, balki mashinam yonidan otib ketayotgan ikki kishining jarohat olishi mumkinligi tashvishlantirdi. Yaxshiki, ularga hech narsa qilmadi, mashinam qaysidir manoda ularning hayotini saqlab qoldi, deydi Gentra egasi. Foto: FacebookMashinam daraxt ostida qolganini tushunganimdan song 102 raqamiga qongiroq qildim, tezda uchastka noziri, YHXB xodimlari, FVV va evakuator yetib keldi. Aniqlanishicha, yaqin ortada joylashgan uylar aholisi ushbu daraxtlarni kesish haqida kerakli tashkilotlarga murojaat yollagan, biroq ekologiya qomitasi va boshqa tegishli tashkilotlar ushbu daraxtning kesilishiga ruxsat bermagan. Tushunarsiz vaziyat. Nima uchun fuqarolar shikoyati inkor etilgan?, deya sozlarini davom ettiradi jabrlanuvchi fuqaro.Haydovchining yozishicha, kochadagi aynan shu hududda toxtash taqiqlangan belgisi bolmagani uchun avtomobilini aynan shu yerda qoldirgan.Ozim boshqa tumanda yashayman, bu daraxtlar mana shunday xavf solishi mumkinligi haqida tushunchaga ega emasdim, deb yozadi u. Foto: FacebookGeplaatst door Hilola Suleymanova op Donderdag 5 december 2019

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0