Oliy sud Samarqand viloyati bosh arxitektori nima sababdan sudlanayotganini malum qildi

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov Daryoga davlat mulkini talon-toroj qilganlikda ayblanib, sudlanayotgan Samarqand viloyati bosh arxitektori Bobur Elmurodov ishi boyicha qoshimcha malumotlar taqdim etdi. Foto: Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasi matbuot xizmatiJinoyat ishlari boyicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar Kamoliddin Shukurov, Bobur Elmurodov va Temur Xoliqulovga nisbatan jinoyat ishini korib chiqish boyicha ochiq sud bolib otmoqda.Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boyicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova raisligida korib chiqilmoqda.Xususan, Kamoliddin Shukurov bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirgan holda ozlashtirish va rastrata qilish yoli bilan mansabdor shaxslarining ixtiyorida bolgan va ularga ishonib topshirilgan 7 milliard 553 million 303 ming 163 somlik juda kop miqdordagi pul mablaglarini talon-toroj qilib yuborib davlat manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazishda, takroran garazgoylik va boshqa manfaatlarni kozlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta malumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va takroran taqdim etishda, 2 milliard 491 million 81,2 som soliq bazasi va 217 million 549,4 ming somlik mehnatga haq tolash fondini yashirish yoli bilan jami 190 million 906,7 ming somlik soliq va boshqa majburiy tolovlarni tolashdan boyin tovlashda, 571 million 815,5 ming somlik pul mablaglarini jamiyatga xizmat korsatuvchi bank muassasalariga topshirmasdan hamda jamiyatga kirim qilmasdan savdo va xizmat korsatish qoidalarini juda kop miqdordagi qiymat buzishda, garazgoylik yoki boshqacha past niyatlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qatiy hisobidagi hujjatlarini nobud qilish va ularni yashirishda, davlat organi mansabdor shaxslari bilan bir guruh bolib, oz mansab vakolatlaridan bir necha shaxslarning huquqlariga yoki qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlariga 278 million 506 ming 284 somlik joda kop miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bolgan holda qasddan foydalanishda;Bobur Elmurodov bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirgan holda ozlashtirish va rastrata qilish yoli bilan mansabdor shaxslarining ixtiyorida bolgan va ularga ishonib topshirilgan 7 milliard 553 million 303 ming 163 somlik juda kop miqdordagi pul mablaglarini talon-toroj qilib yuborib davlat manfaatlariga iqtisodiy zarar yetkazishda, bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, oz mansab vakolatlaridan fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat va jamoat manfaatlariga juda kop miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishida, takroran garazgoylik va boshqa manfaatlarni kozlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta malumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib soxta hujjatlar tuzish va takroran taqdim etishda;Temur Xoliqulov davlat ishtirokidagi Samarqand shahar hokimligi qoshidagi xojalik hisobidagi Kapital qurilish direksiyasi davlat korxonasi mansabdor shaxsi bola turib, bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, oz mansab vakolatlaridan fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat va jamoat manfaatlariga juda kop miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishida ayblanmoqda.Hozirgi kunda sud tergovi davom etib, guvohlarning korsatmalari tinglanmoqda.Sud jarayoni davom etmoqda.AvvalroqSamarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmati ushbu holat yuzasidanbayonot bergan hamda Bobur Elmurodovning qamoqqa olingani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-sozlarni inkor qilgan edi.Mavzuga doir: Davlat mulkini talon-toroj qilganlikda ayblangan Samarqand viloyati bosh arxitektori ishi yuzasidan malumot berildi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0