Ozbekistonlik olimlar neft va gaz konlarida yonginning oldini oluvchi vosita ixtiro qildi

Ozbekiston Fanlar Akademiyasi umumiy va noorganik kimyo institutida belgilangan vazifalar yuzasidan ilmiy ishlanmalar va izlanishlar olib borildi. Natijada mamlakatda ilk bor dunyoda oxshashi bolmagan poliyetilentereftalatdan tayyorlangan yangi suzuvchi pontonlar ixtiro etildi va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiPoliyetilentereftalat (PET) ponton neft mahsulotlari va gaz kondensatini qabul qilish, uzatish, saqlash hamda rezervuarlarda tosatdan yongin paydo bolganida ochirish chogida buglanish orqali yengil uglevodorodlar yoqotilishini bartaraf etishga moljallangan. Bunday ponton maxsus yonginning oldini oluvchi, portlashga qarshi eritma va inert gaz bilan toldiriladi.Uning afzalligi shundan iboratki, u idishda rezervuardagi suyuq gaz kondensati ustki qismining 98 foizini qoplaydi. Shu bois uglevodorodlar buglanishi keskin kamayadi. Bundan tashqari, pontonning har bir elementida yongin ochirishning texnik yechimi mujassam etilgan. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiBugungi kunga qadar temirli-qalquvchi konstruksiyali pontonlardan foydalanilardi. Ular korroziyaga chidamsizligi, chokib ketish xususiyati, ogirligi va bir tomonga egilib ketishi bilan kop noqulayliklar tugdiradi. Vaqt otishi bilan ularning sirtida paydo boladigan pirofor qatlam esa portlash va yonginga olib kelishi mumkin edi. 2000-yili Kokdumaloq neft-gaz kondensati konidagi yongin aynan pirofor qatlam tufayli yuzaga kelgan bolib, yongin ulkan iqtisodiy va ijtimoiy-ekologik zarar keltirgan. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiYangi konstruksiyali pontondan foydalanilganda 2000 kvadrat metr hajmli rezervuarda yiliga 240 tonna yengil uglevodorod tejaladi. Hozirda suzuvchi pontonlardan foydalanish boyicha tajriba-ishlab chiqarish testlari muvaffaqiyatli otib, ular Ozbekneftgaz AJning gaz-neftni qayta ishlash korxonalariga joriy etildi.Loyihani amalga oshirish uchun bugungacha poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumanidagi sanoat zonasida texnologik uskunalarni ornatish, montaj qilish va ishga tushirish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunga qadar 150 ming dona suzuvchi ponton ishlab chiqarildi va buyurtmachilarga yetkazib berildi.Ushbu loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish valyuta mablaglarini tejash, mahalliy innovatsion mahsulotlarni xorijiy mamlakatlarga olib chiqish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0