Milliy bank issiqxonalar qurish uchun kredit mablaglarini ajratmoqda

Sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning ham oziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqatlari talaygina. Faqatgina yozgi ekinlarni ekib, hosil olish orqali qishin-yozin rastalarni toldirib, aholini yetarlicha oziq-ovqat mahsuloti bilan toliq taminlab bolmaydi. Bu esa oz-ozidan yilning tort faslida ham dehqonchilik qilish zaruratini yuzaga keltiradi.Shu sababdan, davlat rahbari tomonidan2019-yil 20-mart kuniOzbekiston Respublikasida bogdorchilik vaissiqxonaxojaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida gi PQ-4246-sonqarori qabul qilindi. Bu esa, issiqxona sanoati sohasida katta burilish boldi.Takidlash kerakki, mamlakatimizning barcha hududlarida gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etilmoqda. Ixcham va samarador bunday issiqxonalar yuqori sifatli poliz mahsulotlari yetishtirish, koplab ish orinlari yaratish imkonini bermoqda.Ozbekiston Milliy banki tomonidan ham gidroponika usulidagi issiqxonalar qurish uchun kredit mablaglari ajratilgan.Jumladan, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytkorgon qishloq fuqarolar yiginidagi Baytqorgon Abdugani Bogi xususiy korxonasida ham innovatsion texnologiyaga asoslangan gidroponika usulidagi issiqxona tashkil etilgan.-Gidroponika tuproqsiz, faqat ozuqa moddalar bilan toyintirilgan suv yordamida dehqonchilik qilishni anglatadi, - deydi issiqxona rahbari Abdugani Sultonov. - Bu usul asosan, Yevropa mamlakatlarida ommalashgan. Niderlandiyada oshqovoq, Belgiyada esa karam gidroponika usulda yetishtiriladi. Butun dunyoda samarali va tejamkor deb tan olingan gidroponika usulidagi issiqxonalarni yurtimizda ham kopraytirish niyatidamiz. Shu sababli, gidroponika usulidagi issiqxona qurish loyixamni taqdim etdim va Ozmilliybank tomonidan menga Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan olti yuz ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Olingan kredit hisobigaGollandiyadan zamonaviy jihozlar olib kelib ornatdik.Issiqxonamiz joriy yil sentyabr oyida ish boshlagan. Bugungi kunda issiqxonada 12 nafar xodim ishlamoqda.Bu yerdagi barcha jarayon toliq avtomatlashtirilgan. Issiqxonadagi harorat, osimlikning suv va ozuqaga talabi chuqur tahlil orqali aniqlanadi. Turli minerallar bilan boyitilgan suv tomchilatish usulida osimlik ildiziga yetkaziladi. Umumiy maydoni 1 gektar bolgan issiqhonada Turkiyadan 25 ming tup serhosil pomidor navlari keltirib ekilgan. Mazkur issiqxona 1 yilda 162 tonna qishloq xojaligi maxsulotlari yetishtirish imkoniga ega.Bir soz bilan aytganda smart issiqxona barcha zamonviy talablarga javob beradi. Undan tashqari, xususiy tadbirkor Milliy bank bilan hamkorlikni davom ettirgan holda mazkur issiqxona faoliyatini kengaytirishni kozda tutgan.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0