Ozbekiston Veterinariya qomitasi mahalliy kompaniyaning dori vositasini yarim yildan ortiq sababsiz royxatdan otkazmagan

Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi shu yilning oktabr oyida Vetteria mahalliy kompaniyasining murojaatini organib chiqdi. Bu haqda qomita matbuot xizmati xabar berdi. Foto: AgronomuMurojaatda keltirilishicha, veterinariya dori vositasini royxatdan otkazish boyicha 2019-yilning mart oyida berilgan ariza bugungi kunga qadar biror sabab korsatilmagan holda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qomitasi tomonidan royxatdan otkazilmagan.Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ruxsat berish bilan bogliq ushbu tartibot ariza berilgan vaqtdan etiboran 36 kun mobaynida hal etilishi kerak, bu holatda davlat organi belgilangan muddatga rioya etmagan, yani ariza berilganiga 7 oydan oshib ketgan.Qayd etilishicha, veterinariya dori vositasini royxatdan otkazish togrisida ariza berilgan vaqtda faqat bitta xojalik yurituvchi subyekt tomonidan xuddi shunday dori vositasi royxatdan otkazilgan, bu degani istemolchi uchun tanlash huquqi deyarli yoq bolgan.Murojaatni organish natijalarini korsatishicha, dori vositasini royxatdan otkazish uchun ariza olingan kundan etiboran Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qomitasi tomonidan qaror qabul qilinishi uchun ushbu dori vositasini sinov natijalari kerak bolgan. Biroq, otgan 7 oy mobaynida dori vositasi laboratoriya sinovidan otkazilmagan va dori vositasi nima sababdan royxatdan otkazilmayotgani togrisida tushuntirish ham berilmagan.Qomita raqobat togrisidagi qonunchilik talablari buzilishi holati boyicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qomitasiga nisbatan ish qozgatgan.Natijada, royxatda otkazish uchun taqdim etilgan veterinariya dori vositasi laboratoriya sinovidan otkazildi, belgilangan tartibda davlat royxatiga olinib, Vetteria mahalliy kompaniyasiga tegishli guvohnoma berilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0