Xorazmda Prezident maktabi ochildi (foto)

5-dekabr kuni Xorazm viloyatida Prezident maktabi ochildi, deb xabar berdi OzA. Foto: OzAMaktabning ochilish marosimida deputatlar, senatorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ularning ota-onalari ishtirok etdi.Maktab 168 orinli bolib, 2 qavatli oquv binosi, oshxona, 3 qavatli yotoqxona, xorijlik oqituvchilar uchun 15 orinli mehmonxona mavjud. Har bir sinf xonada interaktiv doska va tablolar, Science xonalarida alohida laboratoriya xonalari mavjud.Joriy yilda mazkur maktabning 5-10 sinflariga hujjat topshirgan 6 ming 400 nafardan ziyod oquvchidan 144 nafari qabul qilindi. Kelasi oquv yilidan boshlab, har yili 5-sinfga 24 nafar oquvchi qabul qilinadi. Foto: OzAMazkur maktabga oquvchilar juda kop talabgorlar orasidan ikki bosqichda otkazilgan imtihonlar natijalariga kora saralab olindi.Kirish imtihonlari adolatli va shaffof bolishi uchun qattiq nazorat ostida, juda talabchanlik bilan otkazildi. Imtihonlarni Kembrij universitetining malakali oqituvchi-ekspertlari oldi. Bu yerda oquvchilarga shunchaki bilim berilmaydi. Bu maktabda tahsil olgan yoshlar kelgusida haqiqiy vatanparvar, el-yurtimizga chin dildan xizmat qiluvchi yetuk kadrlar etib tarbiyalanadi, deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxojayev. Foto: OzAMaktab kutubxonasi Kembrij, Oksford universitetlari nashriyotlari hamda Kollinz nashriyotining Steam dasturi boyicha darslik va oquv qollanmalari, ozbek va jahon badiiy adabiyoti namunalari bilan taminlangan. Darsliklarning elektron shakllari ham mavjud, bu oquvchilarga ulardan yanada samarali foydalanish imkonini yaratadi.Xorazmda Prezident maktabi ochilgani ilmga chanqoq viloyat yoshlari uchun juda katta sovga boldi.Men maktabga qabul qilingan ogil-qizlarning koziga qarab turib shuni angladimki, xalqimiz, yurtimiz, davlatimiz rahbarining ishonchini oqlash uchun bilim olib ozini korsatadigan katta kuch maydonga keldi. Bu yoshlarning har biri bilan oila azolari, mahalladoshlari, qolaversa, butun Xorazm eli faxrlansa arziydi. Chunki, bu maktabga eng bilimli oquvchilar saralab olingan, deydi Ozbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sadullayev. Foto: OzAPrezident maktabida darslar Kembrij universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oquv reja va dasturlari asosida olib boriladi. Maktabga 11 nafar xorijiy yuqori malakali mutaxassis hamda 20 nafar mahalliy oqituvchi jalb qilingan. Ular ham xalqaro talim talablari asosida maxsus imtihonlar orqali tanlab olingan.Janubiy Afrika Respublikasidan keldim.Buyuk allomalar al-Xorazmiy va al-Beruniy yurtiga kelib ularning avlodlariga dars berayotganimdan mamnunman. Ozbekistonlik yoshlar ilmga chanqoq, intellektual salohiyati juda yuqori. Oylaymanki, bu maktabdan kelgusida oz kashfiyotlari bilan ajdodlari singari butun dunyoni lol qoldiradigan olimlar yetishib chiqadi va bunda mening ham hissam bolishidan xursandman, deydi matematika fani oqituvchisi Tangovito Kakama Xayo. Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA Foto: OzA

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0