Qoshrabodda erining jazmaniga 7-marta pichoq urgan ayolga sud hukmi oqildi

Samarqand viloyatining Qoshrabot tumanida yashovchi ayol erining jazmaniga 7-marta pichoq urib, jarohat yetkazganligi togrisida xabar berilgan edi.Daryo muxbiri Farhod Norbotayevning malum qilishicha, Jinoyat ishlari boyicha Narpay tuman sudining hukmiga kora, sudlanuvchi Diyoraga (ismi ozgartirilgan) nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 (Jinoyatga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam oldirish) 1-qismi bilan 57-moddasi (Yengilroq jazo qollash)ni qollab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.Sud jarayonida malum bolishicha, Qoshrabot tumani Qoralos mahallasida yashovchi Faridaning(ismi ozgartirilgan) yashash uyiga unga oldindan tanish bolgan Qoshrabot tumani Dostlik mahallasi Boqichagatoy qishlogida yashovchi 49 yoshli erkak Aziz (ismi ozgartirilgan) kelgan. Ular birgalikda pivo ichgan.9-iyul kuni ertalab soat taxminan 07:30 atrofida 35 yoshli ayol Diyora(ismi ozgartirilgan) turmush ortogi Azizni (ismi ozgartirilgan) izlab Faridaning (ismi ozgartirilgan) yashash uyiga kelgan va ularning birga bolgan holatini korgach, ozaro janjal yuzaga kelgan. Oqibatda Diyora (ismi ozgartirilgan) uyidan ozi bilan birga olib kelgan oshxona pichogi bilan Farida (ismi ozgartirilgan)ga 7 marotaba zarba bilan urib, tan jarohati yetkazgan.Mavzuga doir: Qoshrabotda ayol erining jazmaniga 7 marotaba pichoq urdiAziz (ismi ozgartirilgan) xotinining qolidan pichoqni olib qoyganligi sababli ayol Faridani(ismi ozgartirilgan) qasddan oldirishga qaratilgan jinoiy harakatini oziga bogliq bolmagan holatlarga kora, oxiriga yetkazolmasdan, jinoyat sodir qilishga suiqasd qilgan.Qoshrabot tuman shifokorlarining yordami bilan jabrlanuvchi Farida(ismi ozgartirilgan) zudlik bilan operatsiya qilinib, uning joni saqlab qolingan.Jinoyat ishlari boyicha Samarqand viloyat sudi sudyasi Gayrat Negmatovning malum qilishicha, sudlanuvchi Diyora(ismi ozgartirilgan) aybiga toliq iqrorligini, chin kongildan pushaymonligini bildirib apellyatsiya shikoyati kiritgan. Tayinlangan jazoni yengillashtirishni yoki Jinoyat Kodeksining 72-moddasiga asosan shartli jazo tayinlashni soragan.Qoshrabot tuman sud-tibbiy ekspertiza bolinmasining xulosasiga kora, Faridaga yetkazilgan tan jarohati hayot uchun havfli bolgan tan jarohatlari guruhiga kirishligi qayd etilgan. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni ozgartirish yoki bekor qilishga asos mavjud bolmaganligi hukm ozgarishsiz qoldirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0