MB mijozlar va tijorat banklari ortasida kelib chiqayotgan nizolar tufayli murojaat bilan chiqdi

Markaziy bankning Bank xizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili bank xizmatlarini korsatishga doir shartnomalarning ayrim shartlari boyicha mijozlar va xizmat korsatuvchi banklar ortasida nizolar mavjudligini korsatmoqda, deb yozadi Markaziy bank matbuot xizmati. Foto: Markaziy bankMijozlar, banklar bilan yuzaga kelayotgan nizolarning asosiy sabablaridan biri sifatida bank xizmatlarini korsatishga doir shartnomalar rasmiylashtirilgunga (imzolangunga) qadar ularning shartlari bilan tanishish imkoniyatining mavjud emasligini, banklar tomonidan shartnoma shartlarining mazmuni yetarli darajada oshkor etilmaganligini, shuningdek, shartnomaning imzolangan bir nusxasi taqdim etilmasligini bildirmoqda.Qayd etilgan muammolarni hal etish maqsadida Markaziy bank tomonidan Bank xizmatlari istemolchilari bilan ozaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoyiladigan minimal talablar togrisidagi Nizomga qoshimcha kiritilgan bolib, unga kora istemolchi bank xizmatlarini korsatish togrisidagi shartnoma (kredit, depozit, bank hisobvaragiga xizmat korsatish, lizing, bank kartalari va boshqalar boyicha) imzolangunga qadar uning loyihasini batafsil tanishib chiqish uchun bank binosidan tashqariga olib ketishga haqlidir.Tijorat banki bank xizmatini korsatish togrisida shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini istemolchiga yoki uning vakolatli vakiliga taqdim etishi, shuningdek, shartnoma bilan mustahkamlangan huquqlar va majburiyatlar hamda taqdim etilayotgan xizmat boyicha toliq va haqqoniy malumotlarni oshkor etishi lozim.Markaziy bank mijozlarga bank xizmatini korsatish togrisida tijorat banklari bilan shartnomalarni imzolashdan oldin ushbu shartnomalarning matni, jumladan ularga kiritilgan moliyaviy majburiyatlar bilan bogliq matnlarni diqqat bilan tanishib chiqishni, zarur hollarda huquqshunoslardan tegishli maslahatlar olishni tavsiya etmoqda. Shu bilan birga, shartnoma shartlarini tushunmagan holatlarda esa, bank xodimlariga savol bilan murojaat etishdan tortinmaslikni soragan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0