Farg‘onada valyutafurush Bosh prokuratura xodimiga ballonchadan gaz sepdi

Farg‘onada yashovchi fuqaro Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Foto: Google ImagesDepartamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. qonunga xilof ravishda jami 4 200 AQSh dollarini 40,2 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.Mazkur holat yuzasidan 5-dekabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0